» » Video: Qo‘l mehnati bilan yog‘ochdan yasalgan Ford Mustang nusxasi

Video: Qo‘l mehnati bilan yog‘ochdan yasalgan Ford Mustang nusxasi


YouTube’dagi Woodworking Art kanaliga 1967-yilda ishlab chiqarilgan Ford Mustang GT500 modelining yog‘och bo‘lagidan yasalgan aniq nusxasi tasvirlangan video joylashtirildi. Klassik sportkarning nusxasini yaratish uchun usta uch hafta vaqt sarflagan, biroq u butun ish jarayonini sakkiz daqiqali videoga joylashtirgan.

Ford Mustang GT500’ning yog‘och nusxasi metall va plastikdan yaratilgan boshqa shu kabi modellardan yaxshi ishlangan: usta uzatmalar qutisining richagi yoki rul ostidagi tugmalar kabi mayda detallarni ham ehtiyot bo‘lib qirqib olgan, g‘ildiraklarga alohida ishlov bergan hamda optika va oynalarni yopishtirgan.

Yog‘och model bir nechta qismdan iborat bo‘lib, ayrim uzatmalar originaliga xos tarzda yaratilgan, masalan, rul tyagasi va prujinali podveska elementlari. Duradgor hech qanday maxsus anjomlardan foydalanmagan: modellashtirishda u oddiy printerda chop etilgan suratlarni ishlatgan.

Avvalroq vyetnamlik ushbu usta yog‘och bo‘lagidan Audi Q7’ning aniq nusxasini yaratgan edi. Mart oxirida yog‘ochdan yasalgan Toyota Land Cruiser 200’ga oid video hozirga qadar 100 million marotabadan ortiq tomosha qilingan.

Mavzuga doir: Video: Uch bo‘lak taxtadan qanday qilib “Formula-1” bolidini yasash mumkin?



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2020, 13:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 24) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют