» » Farg‘ona va Namanganda bir guruh shaxslar talab yuqori bo‘lgan dorini noqonuniy ravishda qimmat narxda sotgani aniqlandi

Farg‘ona va Namanganda bir guruh shaxslar talab yuqori bo‘lgan dorini noqonuniy ravishda qimmat narxda sotgani aniqlandi


Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Chinoz tuman bo‘limi tomonidan pandemiya sharoitida aholi talabi yuqori bo‘lgan dori vositalarining qimmat narxlarda sotilishi hamda noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, departament tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Sh.A. xaridorga 65 quti “Kleksan” dori vositasini har bir qutisini 576 ming so‘mdan hisoblab, 37,5 million so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Shuningdek, Sh.A.ning ko‘rsatmasiga asosan tezkor tadbir davom ettirilib, Namangan viloyatida dori vositalarini olib sotish bilan shug‘ullanib kelayotgan fuqarolar Ya.M. va A.X.  Sh.A.dan 65 quti “Kleksan” dori vositalari uchun 37,5 million so‘mni olgan vaqtida ushlangan.

Departament hamda DXXning Quva tumani bo‘limlari tomonidan kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari ro‘yxatiga kiruvchi dorilarning noqonuniy muomalaga kiritilishining oldini olish maqsadida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa fuqaro Ya.Ya., S.A. va M.A. bilan o‘zaro til biriktirib, xaridor J.ga 40 quti “Lirika 300 mg” dorisini har bir qutisini 75 dollardan hisoblab, 3000 dollarga sotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda dorilar tanqisligi va narxi oshirilgani yuzasidan 3000 dan ortiq dorixonaga ogohlantirish berilgan.

Avvalroq Toshkent viloyatining Toshkent tumanida 99 million so‘mlik dorilar ustiga 30 million so‘m qo‘yib sotgan shaxslar ushlangani, Oqqo‘rg‘on tumanida talab yuqori bo‘lgan dori narxini sun’iy oshirib, 30 qutisini 8,1 million so‘mga sotgan shaxslar qo‘lga olingani, Samarqandda 34 million so‘mlik dori vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yilgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: Toshkent, Andijon va Farg‘onada “Regapen”, “Lirika”, “Tramadol” psixotrop dorilarini noqonuniy sotayotgan fuqarolar hibsga olindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2020, 14:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют