» » OAV: Milliy xavfsizlik agentligi amerikaliklarning chet elliklar bilan yozishmalarini kuzatishni to‘xtatadi

OAV: Milliy xavfsizlik agentligi amerikaliklarning chet elliklar bilan yozishmalarini kuzatishni to‘xtatadi


AQSh Milliy xavfsizlik agentligi mamlakat fuqarolarini chet elliklar bilan yozishmalarini kuzatishni to‘xtatadi. Bu haqda Reuters’ga tayanib, “Kommersant” xabar berdi.

Agentlikning ma’lumotiga ko‘ra, MXA Amerika maxsus xizmati tomonidan kuzatuvda bo‘lgan chet ellik shaxslarning ismi tilga olingan xabarlarni ham tekshirishni to‘xtatadi.

AQSh fuqarolarini kuzatish mavzusi 2013-yilda Amerika maxsus xizmatining sobiq xodimi Edvard Snouden ommaviy elektron kuzatuv dasturini fosh qilgach ko‘tarilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Oq uy Snoudenni afv etishdan bosh tortgan edi. AQSh prezidentining ichki xavfsizlik va terrorchilikka qarshi kurashish bo‘yicha maslahatchisi Liza Monako Snouden o‘z qilmishlariga javob berishdan qochmasdan AQShga qaytishi kerakligini aytgandi. Hozirda AQSh xavfsizlik xizmatining sobiq xodimi Rossiyada yashamoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (29-04-2017, 15:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют