» » Kilian Mbappe: “PSJga sifatli transferlar kerak”

Kilian Mbappe: “PSJga sifatli transferlar kerak”


PSJ hujumchisi Kilian Mbappe jamoasining Yevropa Chempionlar Ligasidagi ishtiroki haqida gapirdi.

Albatta, Chempionlar Ligasini qo‘lga kirita olishimiz borasida optimistik kayfiyatdaman. Shunday bo‘lishi ham kerak, agar biz bunga ishonmasak, boshqa kim ham ishonardi?

“Bavariya”ga qarshi o‘yinga keladigan bo‘lsak, bu futbol, bu holatni yengib o‘tish kerak. Ko‘plab jamoalar finallarda yutqazgan va bir yildan keyin sovrinni qo‘lga kiritgan. PSJ ushbu final sabab o‘sgani ko‘rinib turibdi. Avvallari chorak finalga kelib to‘xtab qolardik, endi uni oshib o‘tdik.

Sifatli futbolchilar qidirish va sotib olish kerak. Umid qilamanki, bizda yaxshi xaridlar amalga oshiriladi. Shuning evaziga biz mavsumni yanada katta maqsadlar bilan boshlay olamiz.

Kilian Mbappe, PSJ futbolchisi

PSJ 2019/20-yilgi mavsumda Chempionlar Ligasi finaliga qadar yetib bordi va unda “Bavariya”ga mag‘lub bo‘ldi (0:1). Shuningdek, jamoa koronavirus tufayli muddatidan avval to‘xtatilgan Fransiya chempionatida g‘olib deb topildi, yana, Fransiya Kubogi va mamlakat Liga Kubogida zafar quchdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2020, 17:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют