» » Ekvadorda Zoom orqali dars qilayotgan talabaning uyiga o‘g‘ri tushdi. Qolgan talabalar buni payqab qolib, politsiya chaqirgan (video)

Ekvadorda Zoom orqali dars qilayotgan talabaning uyiga o‘g‘ri tushdi. Qolgan talabalar buni payqab qolib, politsiya chaqirgan (video)


Ekvadordagi Ambato shahrida Zoom orqali dars qilayotgan talaba qizning uyiga o‘g‘rilar tushdi. Buni boshqa talabalar payqab qolgan va politsiya chaqirgan, deb xabar beradi LADbible.

Ko‘ngilsiz hodisa 4-sentabr kuni sodir bo‘lgan. Videodagi yozuvda talaba qiz orqasiga o‘girilishi bilan xonaga niqob taqib olgan erkaklar kirib kelganini ko‘rish mumkin. Video ovozi o‘chirib qo‘yilgan bo‘lsa-da, o‘g‘rilar qizga tahdid qilgani ko‘rinib turibdi.

Darsda ishtirok etayotgan boshqa talabalar bunga e’tibor qaratib, o‘qituvchisiga xabar bergan. “Tezda politsiyaga, yaqinlariga qo‘ng‘iroq qilinglar”, — degan o‘qituvchi.

Talabalar politsiyaga qo‘ng‘iroq qilgan vaqtda jinoyatchilar talabaning noutbukini o‘g‘irlab ketishga ulgurgan.

Keyinroq shahar rasmiylari, o‘g‘irlar qo‘lga olingani va ular to‘rt kishi bo‘lganini ma’lum qilgan.

Avvalroq Google kompaniyasi o‘z xodimlariga xavfsizlik standartlariga javob bermaydigan Zoom dasturini kompyuterlarga o‘rnatishni taqiqlagani haqida xabar berilgan edi.

Zoom videokonferensaloqa dasturi kompaniya xodimlari orasida koronavirus pandemiyasi sabab masofadan turib ishlashga o‘tilganidan keyin ommalashdi. Kompaniyaning kapitalizatsiyasi uch barobarga ko‘payib, kunlik foydalanuvchilar soni 200 milliondan oshdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2020, 17:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют