» » Superliganing 4 ta o‘yinidan badarg‘a qilingan hakam Sherzod Qosimov Pro-Ligada ishlay boshladi

Superliganing 4 ta o‘yinidan badarg‘a qilingan hakam Sherzod Qosimov Pro-Ligada ishlay boshladi


Coca-Cola Superliga 11-turi doirasida kechgan “So‘g‘diyona” — “Bunyodkor” uchrashuvini (3:3) boshqarib borgan hakam Sherzod Qosimov to‘rtta o‘yinga diskvalifikatsiya qilingani ma’lum bo‘ldi.

“Daryo”ning O‘FAdagi manbasiga ko‘ra, Professional futbol Ligasi (PFL) “So‘g‘diyona” — “Bunyodkor” uchrashuvidagi (3:3) o‘yin natijasiga ta’sir qilgan bahsli qarorlar sabab O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasidan (O‘FA) uchrashuvdagi hakamlikni o‘rganib chiqishni so‘ragan.

Shundan keyin O‘FA Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi Qosimovni Superliganing to‘rtta uchrashuvidan chetlatish qarorini qabul qilgan va o‘yin uchun oladigan gonorarining 75 foizini ushlab qolgan. Biroq tashkilot hali ham Qosimovning Superliga bahslaridan chetlashtirilgani haqida hech qanday ma’lumot bermagan.

Qayd etish joiz, O‘FA 13-tur doirasida o‘tgan “Buxoro” — OKMK (2:2) va “Navbahor” — “Qo‘qon-1912” (0:1) o‘yinlaridan keyin, ushbu bahslarda faoliyat yuritgan Vadim Agishev hamda Viktor Serazetdinovni Superliga o‘yinlaridan chetlatgandi. Ular mazkur bahslarni boshqarishda jiddiy xatolarga yo‘l qo‘ygani aytilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Qosimov ikkinchi bo‘limda “Bunyodkor” foydasiga penalti belgilamagan — himoyachi o‘z jarima maydoni ichida raqib futbolchisining libosidan tortib yiqitgan. Biroz o‘tib bahsli holatda “So‘g‘diyona” foydasiga 11 metrlik jarima zarbasi belgilagan — hakam to‘p “Bunyodkor” futbolchisining qo‘liga tegganini ma’lum qilgan.

Ta’kidlash o‘rinli, 7-sentabr, dushanba kuni Sherzod Qosimov Pro-Liga 5-turidan o‘rin olgan “Oqtepa” — “Dinamo” uchrashuvini boshqarib bordi. O‘yin tomonlarning 1:1 hisobidagi durang natijasi bilan yakuniga yetdi. Bellashuvda bahsli holatlar ham kuzatildi.

Jumladan, 30-daqiqada “Oqtepa” futbolchisi Vladislav Fomin penaltidan gol urib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqqandi. Ammo o‘sha vaziyatda Qosimov oldin jarima zarbasi belgiladi. Biroq ko‘p o‘tmay qarorini o‘zgartirgan holda “Dinamo” darvozasi tomon penalti tepilishiga ko‘rsatma berdi. Shuningdek, 58-daqiqada samarqandliklar a’zosi Shahzod Hamidovni raqibiga nisbatan keskin o‘ynadi deb topgan holda maydondan chetlashtirdi.

Ma’lumot uchun, Sherzod Qosimov FIFA toifasidagi hakam hisoblanadi. U 2014-yildan beri xalqaro maydonda ham o‘yinlarni boshqarib keladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2020, 21:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют