» » Novak Jokovich bexosdan to‘p bilan hakamni mo‘ljalga oldi va US Open musobaqasidan chetlatildi (video)

Novak Jokovich bexosdan to‘p bilan hakamni mo‘ljalga oldi va US Open musobaqasidan chetlatildi (video)


Jahonning birinchi raqamli raketkachisi Novak Jokovich US Open musobaqasidan chetlatildi.

Serbiyalik tennischi Pablo Karreno-Bustaga qarshi bahsda chiziq hakamiga to‘p bilan zarba berib yuborgan.

Birinchi setda 5:5 hisobi qayd etilib turgan vaqtda Jokovich ortiqcha to‘pni orqa devorga qarata uloqtirdi, biroq to‘p borib chiziq hakamining tomog‘iga tegdi. Hakam zarbadan keyin yiqildi va yo‘tala boshladi. Novak darhol ayoldan kechirim so‘ragan.

Bosh hakam va uning yordamchilari vaziyatni muhokama qildi. Oxir oqibat Novakni chetlatish qarori qabul qilindi.

Shu tariqa olti yil deganda ilk bor “Ulkan toj” sovrini yangi tennischiga nasib etadi. Jokovich US Open’ni tark etgach, musobaqada “Ulkan toj”ga ega chiqqan sportchi qolmadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2020, 22:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 33) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют