» » O‘zbekistonda Rossiya bilan aviaqatnovlar sentabr oyida tiklanishi mumkin

O‘zbekistonda Rossiya bilan aviaqatnovlar sentabr oyida tiklanishi mumkin


O‘zbekiston Rossiya bilan xalqaro aviaqatnovlarni sentabr oyi davomida tiklashi mumkin. Bu haqda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahodir Yusupaliyev “Kommersant”ga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

“Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra epidemiologlar fikrini inobatga olib aviaqatnovlarni qayta tiklash va fuqarolarning mamlakatga kirishi yoki undan chiqishi yuzasidan tartib ishlab chiqilmoqda.

Mamlakat hududiga kirish-chiqish masalalariga kelsak, dastlab qat’iy karantin cheklovlari o‘rnatilib, xorij davlatlarining fuqarolari karantin hududlariga yuborildi. Ayni vaqtda mazkur choralar yumshatilgan, karantinni mehmonxona yoki uyda o‘tkazish mumkin. Biz xorijdan kelganlarni 14 kun davomida nazorat qilamiz va kasallik alomatlari kuzatilmasa, ular respublika hududida erkin harakatlanishi mumkin.

Shuningdek, ishlab chiqilgan tartib asosida xorijda PZR-tekshiruvi orqali kam kasallanish holatlari kuzatilayotganini aniqlab, ma’lumotlar haqqoniyligini tekshiramiz. Shunga ko‘ra tahlillar asosida aviaqatnovlarni qayta boshlash bo‘yicha qaror chiqariladi. Bu tobora tezlashayotgan jarayon va, menimcha, buyog‘iga chegaralar ochilishda davom etadi.

Sentabrda Rossiya bilan aviaqatnovlar qayta tiklanishi mumkin. Lekin 15-martdan qat’iy karantin tartibini saqlab, keyin cheklovlarni yumshatib, yangi kasallanish to‘lqiniga duchor bo‘lganimizni to‘g‘ri tushunish kerak, yakunda karantin 15-avgustgacha cho‘zildi va 5-sentabrdan cheklovlar yana yumshatildi. Barcha mamlakatlardagi kabi maktablarni, maktabgacha ta’lim muassasalarini ochyapmiz. Respublikadagi vaziyatga baho berish uchun vaqt talab qilinadi. Kasallanishlar soni kamaysa, aviaqatnovlar qayta tiklanishi mumkin”, — degan Bahodir Yusupaliyev.

Avvalroq Uzbekistan Airways AJ xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha muntazam parvozlarni qayta tiklashini ma’lum qilgandi.

Shuningdek, Bahodir Yusupaliyev Rossiya nashriga bergan intervyusida O‘zbekiston koronavirusga qarshi Rossiya vaksinalarini sotib olish imkoniyatlari ko‘rib chiqilayotganini ham aytib o‘tgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-09-2020, 22:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют