» » Millatlar Ligasi. Italiya safarda Niderlandiyadan ustun keldi, Qozog‘iston Belarusga yutqazib qo‘ydi

Millatlar Ligasi. Italiya safarda Niderlandiyadan ustun keldi, Qozog‘iston Belarusga yutqazib qo‘ydi


Futbol bo‘yicha UEFA Millatlar Ligasining 2-turidan o‘rin olgan 7-sentabr, dushanba kungi o‘yinlar yakunlandi.

Kunning markaziy o‘yini Niderlandiya va Italiya terma jamoalari o‘rtasida kechdi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda italiyaliklar pozitsion hujumni muvaffaqiyatli amalga oshirgan holda hisobda oldinga chiqib oldi.

Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi va Italiya ochkolarini 4 taga yetkazib olgan holda A Liga 1-guruhida peshqadamga aylandi.

Guruhining ikkinchi o‘yinida Polsha safarda Bosniya va Gersegovinaga qarshi bahs olib borib, irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Tarkibi tarqatib yuborilgan va debyutantlar bilan harakat qilgan Chexiya jamoasi uy o‘yinida Shotlandiyaga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Dastlab chexlar oldinga o‘tib olgan bo‘lsa-da, mehmonlar ikkita to‘p bilan javob bera oldi.

Norvegiya jamoasi Shimoliy Irlandiyani yirik hisobda taslim etdi. Mehmonlar safida Erling Holand dubl muallifiga aylandi. Avstriya esa Ruminiyaga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Qozog‘iston terma jamoasi o‘z uyida Belarusni qabul qildi. Maksim Bordachev va Vitaliy Lisakovichning gollariga qozog‘istonliklar Abat Aymbetovning kiritgan to‘pi bilan javob berdi.

UEFA Millatlar Ligasi

2-tur bahslari

7-sentabr, dushanba

Gol: 0:1 – 45 Barella.

Niderlandiya: Sillessen, Veltman, van Deyk, Xatebur (Dumfris, 70), Ake (de Yong, 81), de Ron, van de Bek (Bergveyn, 57), Veynaldum, de Yong, Promes, Depay.

Italiya: Donnarumma, Kyellini, Spinatssola, Bonuchchi, D`Ambrozio, Lokatelli (Kristante, 81), Barella, Zaniolo (Kin, 42), Jorjinyo, Insinye, Immobile.

Ogohlantirishlar: D`Ambrozio (23), Veltman (69), Kristante (83), Veynaldum (83), Kyellini (88).

Gollar: 1:0 – 24, penalti Xayradinovich, 1:1 – 45 Glik, 1:2 – 67 Grositski.

Gollar: 1:0 – 11 Peshek, 1:1 – 27 Dayks, 1:2 – 52, penalti Kristi.

Gollar: 0:1 – 53 Bordachev, 1:1 – 62 Aymbetov, 1:2 – 86 Lisakovich.

Gollar: 0:1 – 3 Alibek, 1:1 – 17 Baumgartner, 1:2 – 51 Grigore, 1:3 – 69 Maksim, 2:3 – 80 Onisivo.

Gollar: 0:1 – 2 Elyunussi, 1:1 – 6 Makneyr, 1:2 – 7 Holand, 1:3 – 19 Serlot, 1:4 – 47 Serlot, 1:5 – 58 Holand.

Gollar: 0:1 – 14 Dyurish, 1:1 – 90+1 Veysman.

Gol: 0:1 – 50 Kazlauskas.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2020, 02:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 26) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют