» » Toshkent viloyatida odamlarni Telegram orqali Suriyaga jihodga chorlab kelgan shaxs qo‘lga olindi

Toshkent viloyatida odamlarni Telegram orqali Suriyaga jihodga chorlab kelgan shaxs qo‘lga olindi


Toshkent viloyatining Toshkent tumanida DXX va viloyat IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Suriyaga jihodga chorlovchi video va audio materiallarni tarqatib, targ‘ib qilib kelayotgan fuqaro A.O aniqlanib, qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro A.O Telegram’da alohida guruh tashkil qilib, diniy ekstremistik va terroristik tashkilotlar tomonidan tayyorlangan hijrat va jihod qilish to‘g‘risidagi audio va video ma’ruzalarini tarqatib kelgan.

Toshkent tumanida yashovchi 5 nafar tanishlarini Suriya davlatiga borib xalqaro terrorchilik tashkilotlari safiga qo‘shilish hamda jangovar amaliyotlarda ishtirok etishga targ‘ib qilib kelayotgani aniqlangan.

Shundan so‘ng, ushbu besh nafar shaxslarning yashash manzillarida o‘tkazilgan tekshiruv harakatlari davomida jinoyat ishiga aloqador bo‘lgan materiallar aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Fuqaro A.O.dan daliliy ashyo sifatida olingan video va audio materiallar bo‘yicha o‘tkazilgan sud adabiyotshunoslik ekspertizasi xulosasida, ushbu ma’lumotlar aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilganligi, ularni O‘zbekiston hududiga olib kirish, saqlash va tarqatish ta’qiqlanganligi aniqlangan.

Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan fuqaro A.O.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida bir guruh “Jihodchilar” qo‘lga olingani, ular orasida Suriyadagi jangovar harakatlarda ishtirok etganlar ham borligi xabar berilgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2020, 07:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют