» » 24–25-sentabr kunlari Toshkent—Tokio—Toshkent aviareysi amalga oshiriladi

24–25-sentabr kunlari Toshkent—Tokio—Toshkent aviareysi amalga oshiriladi


Uzbekistan Airways 2020-yil 24–25-sentabr kunlari Toshkent—Tokio—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha qatnov amalga oshirishini ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra Toshkent—Tokio aviareysining Toshkentdan ketish vaqti 24-sentabr soat 22:05, Tokioga qo‘nish vaqti esa 09:40 (1 soat farq bo‘lishi mumkin).

Tokio—Toshkent yo‘nalishidagi parvoz esa 25-sentabrda Tokiodan soat 11:05 da amalga oshiriladi va samolyot Toshkentga 16:10 da qo‘nadi.

Aviachiptalarni aviakompaniyaning Uzbekistan Airways sales filialida va rasmiy veb-saytida (shu jumladan AO mobil ilovasi orqali) hamda Uzbekistan Airways tashuvlarini sotish agentliklari ofislaridan sotib olish mumkin, deyilgan xabarda.

Avval O‘zbekiston Rossiya bilan xalqaro aviaqatnovlarni sentabr oyi davomida tiklashi mumkinligi xabar qilingan. Uzbekistan Airways AJ han xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha muntazam parvozlarni qayta tiklashini ma’lum qilgan



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2020, 07:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют