» » Mixail Saakashvili Gruziyadagi parlament saylovida muxolifat g‘alaba qozonsa, mamlakat bosh vaziri bo‘lishga tayyorligini bildirdi

Mixail Saakashvili Gruziyadagi parlament saylovida muxolifat g‘alaba qozonsa, mamlakat bosh vaziri bo‘lishga tayyorligini bildirdi


Gruziyaning sobiq prezidenti, Ukraina Islohotlar milliy kengashi qo‘mitasining raisi Mixail Saakashvili 31-oktabr kuni Gruziyada bo‘lib o‘tadigan parlament saylovida muxolifat g‘alabaga erishsa, mamlakat bosh vaziri lavozimini egallashga rozilik berdi. Bu haqda “Interfaks” xabar qilmoqda.

“Albatta, men gruzin xalqimga inqirozdan chiqishga yordam bermoqchiman. Shuning uchun to‘liq bo‘lmagan davrga, o‘tish davri davomida mamlakat bosh vaziri bo‘lishga rozi ekanligimni ma’lum qildim. Hozircha Gruziya tushib qolgan chuqur inqirozdan chiqishni uddalay olmayapmiz”, — deya yozgan Saakashvili Facebook’dagi sahifasida.

Saakashvilining qayd etishicha, u Gruziya bosh vaziri lavozimini egallagan taqdirda ham Ukraina Islohotlar milliy qo‘mitasi rahbari lavozimini bajarishda davom etadi.

Gruziya sobiq prezidentining ta’kidlashicha, u ikki mamlakatdan birini tanlamaydi. “Mening kurashim u yerda ham, bu yerda ham davom etadi”, — deya qayd etgan siyosatchi.

Ma’lum bo‘lishicha, Gruziya muxolifat partiyasi “Yagona milliy harakat” mamlakat bosh vaziri lavozimiga o‘z yetakchisi Mixail Saakashvili nomzodini ilgari surishga qaror qilgan.

Gruziyada Saakashviliga nisbatan bir nechta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va u xalqaro qidiruvga berilgan.

Gruziya adliya vaziri Teya Sulukiani jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda Saakashvili mamlakatga qaytgan taqdirda uni qo‘lga olishni va unga qamoqxonada alohida kamera taqdim etishni va’da qilgan.

Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili avgust oyining oxirida respublikada navbatdagi parlament saylovini 31-oktabrga o‘tkazilishni belgilagan. Gruziya Markaziy saylov komissiyasi 4-sentabr kuni parlament saylovida qatnashish istagini bildirgan siyosiy partiyalarni ro‘yxatdan o‘tkazish yakulanganini ma’lum qilgan. Ro‘yxatdan 66 ta siyosiy kuch o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 2020-yilning 7-may kuni Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvilini prezident qoshidagi Islohotlar milliy kengashi tarkibiga kiruvchi Islohotlar ijroiya qo‘mitasi rahbari etib tayinlagandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2020, 08:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 54) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют