» » FDG Manxetten turar joy kvartalini sotish jarayonini boshlab yuborishga tayyorgarlik ko‘rmoqda

FDG Manxetten turar joy kvartalini sotish jarayonini boshlab yuborishga tayyorgarlik ko‘rmoqda


Manxetten TJM o‘ziga xos me‘morchilik uslubida quriladi va Darxon nufuzli tumanida markaziy park, sobiq Telman nomidagi park ro‘parasida joylashgan bo‘ladi.

Hamid Olimjon metro bekati va park o‘rtasidagi maydonda qurilayotgan kvartal biznes va elit klassidagi uylardan tashkil topadi. Bu markaz joy bo‘lib, bu yerga poytaxtimizning istalgan joyidan osonlik bilan yetib kelish mumkin. Parklar, savdo markazlari, maktablar, toshkentlik brodvey va qulay yashash uchun boshqa zarur bo‘lgan infratuzilma yaqin masofada joylashgan. Aeroportgacha yo‘l 15 daqiqa oladi, “Toshkent” vokzaligacha — 10 daqiqa. Qurilish ishlarini First Development Group (FDG) kompaniyasi amalga oshirmoqda.

Poytaxt markaziga yangicha nigoh tashlash

Bir necha fazalarga bo‘lingan Bir necha turar-joy majmualari, mehmonxonalar va biznes-markazlardan tashkil topgan butun kvartalning qurilish loyihasi o‘z ichiga nafaqat uy joyni, balki mehmonxonalar va biznes-markazlarni olgan. Shuningdek, Darxon favvoralaridan markaziy parkgacha o‘tgan katta yo‘lovchilar xiyoboni shahar xaritasidagi yangi o‘ziga tortish nuqtasiga aylanadi. Uchburchak shaklidagi bino shaharning yana bitta yorqin va taniqli joyi bo‘lishi aniq. Odatdagidan farqli bo‘lgan bunday dizaynga arxitektorlarni Fletayron Bilding (dazmol-bino) – Nyu-Yorkning timsoli ilhomlantirdi.

Manxettenning uchta TJMda FDG developer poytaxtga yangi bo‘lgan qarashni amalga ohirmoqda:

Manhattan Prime TJM — bu hudud hayotlarini jo‘shqinlikda va Toshkentning eng yuragida o‘tkazadiganlar uchun mo‘ljallangan;

Manhattan Central TJM — voqealar markazida bo‘lishni hamda qulaylik va xizmatlarning munosib darajasiga ega bo‘lishni afzal ko‘radiganlar uchun uy joylar;

Manhattan SOHO TJM — o‘zgacha muhitga ega tuman: erkin, yoshlarbop, ijodiy. Bu yerda galereyalar, restoranlar, kafe va zamonaviy do‘konlar joylashadi.

To‘la-to‘kis, mazmunga boy hayot kechirishga mos keladigan muhitni yaratish uchun developer Darxondagi loyihada nafaqat yashash uchun mo‘ljallangan va ko‘ngilochar, balki ishga oid infratuzilmani ham ko‘zda tutgan. Inson bitta obodon kvartal doirasida ham yashay, ham ishlay va hordiq chiqara oladi.

Darxondagi Manxetten qanday bo‘ladi?

Toshkentdagi Manxettenda hayot ajratib qo‘yilgan bo‘lmaydi: kvartal ichidan, Hamid Olimjon metro bekatidan Central Parkning kirish joyigacha gavjum, piyoda yurishga mo‘ljallangan xiyobon o‘tadi. Insonlar bu yerga do‘stlari bilan uchrashish, do‘konlarni aylanish, ko‘chadagi musiqachilarni tinglash va turli ovozli odamlar oqimini kuzatgan holda, ko‘chadagi stolda kofe ichish uchun kelib turadilar. Undan so‘ng esa — parkgacha shoshmasdan borib, sayr qilishni u yerda davom ettirish uchun.

Oybek Shodiyev, FDG kompaniyasining bosh direktori:

Maxetten loyihasida biz jo‘shqin Nyu-Yorkning muhitini va kayfiyatini aks ettirishni maqsad qilib olganmiz. Yangi kvartal qulaylikning qadriga yetadigan va vaqtning qiymatini biladigan faol, ishbilarmon insonlarga yoqishi aniq. Bizning o‘ylashimizcha, o‘zbekistonliklarning yangi avlodiga kerak bo‘lgani aynan shu — ularning faol hayot tarziga moslashtirib yaratilgan, yorqin ifodalangan individuallikka ega bo‘lgan hudud.

Toshkentdagi Manxettenning rivojlangan va puxta o‘ylab chiqilgan infratuzilmasi yangi TJM yashovchilari uchun munosib yashash va dam olish sharoitini ta‘minlaydi. Sog‘lom turmush tarsi tarafdorlari bu yerda sport bilan shug‘ullanishlari, bolalik onalar va katta yoshdagi insonlar  toza havoda sayr qilishlari, yoshlar esa  vaqtni maroqli o‘tkazishlari mumkin bo‘ladi.

Yaqin masofada joylashgan Central Parkda shahar festivallari, konsertlar va halq sayllari o‘tadi. Sokin hovli tashqarisiga chiqsangiz bas – siz birdan voqealar markaziga tushib qolasiz.

Sotishlar boshlanishi haqida

Keng ko‘lamli, istiqbolli loyihaning ilk bosqichi bo‘lib, biznes-klass xonadonlarga ega Manhattan Prime TJM bo‘ldi. Majmua 16 qavatdan iborat 6 uydan tashkil topgan bo‘lib, ularning har birida 360 dan xonadon mavjud bo‘ladi. Maydonlar 39,8 dan 120 kv.m. gacha farqlanadi.

Oljas Kurmanaliyev, FDG kompaniyasining tijorat direksiyasining boshlig‘i:

Agarda siz ancha paytdan beri Darxonda xonadon xarid qilishni orzu qilayotgan bo‘lsangiz, unda Manxetten – siz uchun eng mukammal variant. Hozirning o‘zida telefon orqali, ijtimoiy tarmoqlarda yoki FDG ofisida ariza qoldirishingiz mumkin. Manhattan Prime TJMda xonadon sotib olgan birinchi 30ta xaridor uchun esa biz maxsus taklif tayyorlab qo‘yganmiz. Ular First Development Group kompaniyasidan, ularga ushbu tumanda pastroq narx bo‘yicha uy joy xarid qilish imkoniyatini beruvchi kafolatlangan chegirmani qo‘lga kiritadilar.

Bog‘lanish uchun ma‘lumotlar

Sayt: Manhattan.uz

Telegram: t.me/fdguz

Instagram: @fdg_uz

Facebook: fb.com/firstdevelopmentgroup

Sotishlar bo‘limining telefoni: (+998) 78?150?55?11



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2020, 09:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 93) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют