» » Krishtianu Ronaldu Jorjina Rodrigesning qo‘lini so‘radi

Krishtianu Ronaldu Jorjina Rodrigesning qo‘lini so‘radi


“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu qaylig‘i Jorjina Rodrigesning qo‘lini so‘radi.

El Mundo nashrining xabar qilishicha, portugaliyalik futbolchi Jorjina do‘stlari uchun uyushtirgan ziyofat vaqtida uning qo‘lini so‘ragan. Ayol Ronalduga turmushga chiqishga rozilik bergan.

Tadbirda Krishtianu va Jorjinaning oilasidan hech kim bo‘lmagan. Ta’kidlanishicha, juftlik hozircha to‘y qilishni rejalashtirmayapti, uning taxminiy sanasi ham noma’lum.

Portugaliyalik futbolchining to‘rt nafar farzandi bor. Dastlabki uch farzand surrogat onadan dunyoga kelgan. To‘rtinchi farzandi Alana Martinaning onasi Jorjina hisoblanadi.

Mavzuga doir: Ronaldu — Olovuddin, Jorjina esa pushti reynjer. Krishtianu farzandlarining tug‘ilgan kunini ertaknamo nishonladi (foto)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2020, 09:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 108) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют