» » Foto: Turkiyada Lamborghini egasi o‘z superkari yukxonasida tarvuz sotmoqda

Foto: Turkiyada Lamborghini egasi o‘z superkari yukxonasida tarvuz sotmoqda


Turkiyadagi ko‘chalarining birida noma’lum sabablarga ko‘ra mashinasining yukxonasida tarvuz sotayotgan erkakning suratlari internetda keng tarqaldi. Mashina tashqi ko‘rinishidan Lamborghini Aventador, deb xabar beradi CARakoom.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mashinadagi tarvuzlar oddiy bo‘lgan — bir kilogrammi taxminan 60 sentdan. Aftidan sotuvchi 150 kilogrammga yaqin tarvuz olib kelgan bo‘lib, undan qoladigan foyda 90 dollarni tashkil etadi. Lamborghini Aventador’ning ikkilamchi bozordagi narxi esa 150 ming dollardan 400 ming dollargacha.

Tarvuz sotuvchining atrofida tezda ko‘pchilik to‘planib, Italiyada yaratilgan mashinani tomosha qilishga tushib ketgan.

Muxbirlar voqea joyiga yetib kelganida, Lamborghini’ning sirli egasi superkariga o‘tirib olib, biror nima deyishda bosh torgan. U hatto qolgan tarvuzlarni trotuarga tashlab ketgan. Avtomobil raqamini qidirish natijasida Lamborghini Antaliya janubida ro‘yxatdan o‘tgani aniqlangan.

Mavzuga doir: Video: Vyetnamlik blogerlar karton qog‘ozdan Lamborghini Aventador yasadi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2020, 10:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 28) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют