» » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 44 ming kishidan oshdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 44 ming kishidan oshdi


O‘zbekistonda 8-sentabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus bilan kasallanganlar soni 44 107 kishiga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Shu bilan birga, yana ikki bemor koronavirus asoratlari oqibatida vafot etgan — Uchtepa tumanida yashagan 72 yoshli erkak hamda Angren shahrida yashagan 56 ayol.

Ayni paytda O‘zbekistonda 41 594 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro (94 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 2157 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 430 nafari og‘ir, 224 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Hozirgacha Sog‘liqni saqlash vazirligi 356 kishining koronavirus asoratlaridan vafot etganini xabar berdi. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirusga chalingach, vafot etganlar soni 367 nafarni tashkil etmoqda.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 7-sentabr kuni 312 kishida koronavirus aniqlandi. Davolanayotgan bemorlarning uchdan bir qismi og‘ir ahvolda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2020, 11:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 23) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют