» » Abdulla Aripov Tojikistonga boradi

Abdulla Aripov Tojikistonga boradi


O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Tojikistonda O‘zbekiston hukumati mablag‘lari hisobiga qurilgan va jihozlangan umumta’lim maktabining ochilish marosimiga boradi. Bu haqda So‘g‘d viloyati rahbari administratsiyasidagi manbasiga tayanib, Asia-Plus xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, Abdulla Aripov butun dunyoda pandemiya e’lon qilinganidan keyin Tojikistonga tashrif buyuradigan birinchi yuqori martabali xorijiy hukumat amaldori bo‘ladi.

So‘g‘d viloyati Spitamen tumanida 640 o‘quvchiga mo‘ljallangan maktab qurildi. Uni qurish to‘g‘risidagi bitim O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil mart oyida Tojikistonga davlat tashrifi chog‘ida imzolangan.

Tantanali marosim sanasi diplomatik kanallar orqali tasdiqlanadi.

So‘g‘d viloyati Spitamen tumanida maktab qurilishidan tashqari, O‘zbekiston tomoni Xatlon viloyati Kubodiyon tumanida 200 o‘rinli shifoxona ham qurmoqda.

2018-yilda Tojikiston Samarqand shahrida 640 o‘quvchiga mo‘ljallangan maktab binosi qurishi haqida ma’lum qilgandi. Shuningdek, Tojikiston tomoni Farg‘ona viloyatida bitta maktabgacha tarbiya muassasasi qurishni rejalashtirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2020, 11:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют