» » Qonunchilik palatasi Toshkent shahrida Yangihayot tumanini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qildi

Qonunchilik palatasi Toshkent shahrida Yangihayot tumanini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qildi


Qonunchilik palatasi deputatlari Toshkent shahri tarkibida Yangihayot tumanini tashkil etish hamda Toshkent shahrining Sergeli, Bektemir tumanlari va Toshkent viloyatining Zangiota, Quyichirchiq, Yangiyo‘l va O‘rtachirchiq tumanlari chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar berdi.

Deputatlar 8-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Toshkent viloyati va Toshkent shahrining bir qator tumanlarining, shuningdek Toshkent viloyati va Toshkent shahrining chegaralarini o‘zgartirish hamda Toshkent shahri tarkibida Yangihayot tumanini tashkil etish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqdi.

O‘zgarishlarga ko‘ra, Toshkent shahri hududidan 2 131,2 gektar, shu jumladan, Sergeli tumanidan 1 864,2 gektar va Bektemir tumanidan 267,0 gektar hamda Toshkent viloyati hududidan 2 288,4 gektar, ya’ni Zangiota tumanidan 492,0 gektar, Quyi Chirchiq tumanidan 128,7 gektar, Yangiyo‘l tumanidan 264,4 gektar va O‘rta Chirchiq tumanidan 1 403,3 gektar yer maydonlari Yangihayot tumani tarkibiga o‘tkaziladi.

Yangihayot tumanini tashkil etish to‘g‘risidagi qaror Oliy Majlis Senatiga yuborilgan.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 29-may kuni Toshkent shahrida Yangihayot tumanini tashkil etish masalasiga to‘xtalib o‘tgan, ushbu tumanga Hayot Inog‘omovni hokim etib tayinlashni taklif qilgandi.

Keyinchalik, Yangihayot tumani tarkibiga Sergeli tumani hududidagi 13 ta mahalla fuqarolar yig‘ini hududlarini to‘liq hamda 6 ta mahalla fuqarolar yig‘inlari hududining bir qismining o‘tkazilishi haqida ma’lum qilingan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2020, 15:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют