» » AQSh Afg‘onistonda IShIDning 35 jangarisini yo‘q qildi

AQSh Afg‘onistonda IShIDning 35 jangarisini yo‘q qildi


27-aprel, payshanba kuni AQSh hamda Afg‘oniston xavfsizlik kuchlarining Nangarxar viloyatida o‘tkazgan maxsus operatsiyasi natijasida IShID terrorchilik tashkilotining 35 jangarisi yo‘q qilindi. Bu haqda Pentagon rasmiy vakili Jeff Devis ma’lum qildi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.

“Reyd natijasida IShIDning 35 jangarisi, jumladan, bir nechta qo‘mondonlari ham yo‘q qilindi”, — dedi Jeff Devis.

O‘ldirilganlar orasida IShIDning Afg‘onistondagi yetakchisi “amir” Abdul Xasib ham bo‘lgan bo‘lishi mumkin, deya qo‘shimcha qildi Pentagon vakili.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (29-04-2017, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют