» » Nurmat Otabekov: “To‘rt oy nimalarni gapirib bergan bo‘lsam, barchasini o‘zimda kuzatdim”

Nurmat Otabekov: “To‘rt oy nimalarni gapirib bergan bo‘lsam, barchasini o‘zimda kuzatdim”


O‘zbekiston bosh davlat sanitariya inspektori, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik nazorat davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov koronavirusdan davolanib chiqqanidan so‘ng o‘zida kechgan holatlar haqida “Shifobaxshuz” Telegram kanaliga ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, iyul oyi oxirida Respublika maxsus komissiyasi va Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nurmat Otabekovda koronavirus aniqlangan edi.

Professor Nurmat Otabekning ma’lum qilishicha, u tana haroratini ko‘tarilishi belgilari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

“Men koronavirusga chalinganligimni 28-iyul kuni bildim. Ikki marotaba laboratoriya tekshiruvi musbat natija berdi. Dastlabki sakkiz kun davomida menda jiddiy klinik belgilar kuzatilgani yo‘q. Biroq shifoxonaga yotganimning sakkizinchi kunidan boshlab pnevmoniya belgilari kuzatila boshlandi va olti kun davomida nafas yetishmovchiligi bilan bog‘liq klinik belgilari kuzatildi. Rentgen va multispiral kompyuter tomografiya tekshiruvlari o‘pkamning 50 foizida yallig‘lanish borligini ko‘rsatdi. Kasallikning 14-15 kunlariga borib hid va ta’m bilish belgilarining yo‘qolishi namoyon bo‘la boshladi. Ayniqsa, achchiqni sezish keskin kamayganini sezdim. Lekin tuz va shirinlikni ta’mini sezish imkoniyati saqlanib qoldi”, – dedi professor.

Suhbat davomida Bosh davlat sanitariya inspektori kasallikning klinik belgilarining barchasini o‘zida kuzatilganini aytib o‘tdi.

“Shifoxonada 21 kun davolanish barobarida, o‘tgan to‘rt oy davomida kasallikning klinik belgilari bo‘yicha nimalarni aholiga gapirib bergan bo‘lsam, barchasini o‘zimda kuzatdim. Holsizlanish, terlash, tana haroratining ko‘tarilishi, hid va ta’m bilishning pasayishi, nafas olishdagi muammolar, ichak faoliyatining buzilishi kabilarning barchasini o‘zimda kuzatdim. Menda shunaqangi tushuncha paydo bo‘ldiki, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti kasallik tashxisi, davolash usullari va profilaktikasi bo‘yicha bergan tavsiyalarining hammasi o‘rinli va asoslangan”, – dedi Sanitariya-epidemiologik nazorat davlat inspeksiyasi boshlig‘i.

Ma’lumot uchun, Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov 2020-yilning 23-iyul kuni O‘zbekiston Prezidenti tomonidan imzolangan “Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda fidoyilik ko‘rsatgan yurtdoshlarimizdan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonga ko‘ra, “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2020, 16:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют