» » Shvetsiyada elektr energiyasida harakatlanuvchi Volta Zero yuk mashinasi taqdim etildi

Shvetsiyada elektr energiyasida harakatlanuvchi Volta Zero yuk mashinasi taqdim etildi


Elektromobillar yaratish bilan shug‘ullanuvchi Shvetsiyaning Volta Trucks startapi Volta Zero yuk mashinasini taqdim etdi, deb xabar beradi Electrek.

Elektr tokida harakatlanuvchi avtomobilga sig‘imi 160 dan 200 kVt teng akkumulyator o‘rnatilgan bo‘lib, u bir marta quvvatlanish orqali 150-200 kilometr yo‘l bosa oladi. Shu bilan birga, Volta Zero 8,6 tonna yukni tashishga qodir.

Logistik kompaniyalar uchun sinov yetkazib berishlarini amalga oshirish 2021-yilning birinchi yarim yilligiga rejalashtirilgan. 2022-yildan esa kompaniya Volta Zero’ni seriyali ishlab chiqarishni boshlaydi.

Birinchi yili Volta Trucks ushbu yuk mashinasidan 500 nusxa, 2025-yilga borib esa yiliga 5 ming dona sotish niyatida.

Avvalroq Tesla kompaniyasi Semi haydovchisiz elektr yuk mashinasining ishlab chiqarilishini yana biroz muddatga kechiktirilishini ma’lum qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2020, 18:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют