» » Albaniyaning yangi prezidenti etib sotsialist Ilir Meta saylandi

Albaniyaning yangi prezidenti etib sotsialist Ilir Meta saylandi


Albaniya parlamenti spikeri, Sotsialistik integratsiya harakati rahbari Ilir Meta 28-aprel, juma kuni mamlakatning yettinchi prezidenti sifatida saylandi. Bu haqda ATA agentligiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Albaniya prezidenti parlament tomonidan besh yil muddatga saylanadi va asosan ramziy vazifalarni bajaradi. Prezident ovoz berishning to‘rtinchi doirasida, 140 ta ovozdan 87 ta “ha” va ikkita “yo‘q” javobini olib saylandi.

Albaniya prezidentlik saylovi tartibiga ko‘ra, ovoz berishning birinchi uch doirasida nomzod saylanishi uchun deputatlarning beshdan uch qismi (140 tadan 84 tasi) ovoz berishi kerak. Saylovning to‘rtinchi va beshinchi raundlarida eng ko‘p ovoz to‘plagan nomzod prezident etib saylanadi. Albaniya konstitutsiyasi bo‘yicha, deputatlarning mamlakat rahbarini saylashga faqat beshta imkoniyati bor.

Yangi prezident nomzodi bosh vazir Edi Rama tomonidan ilgari surildi.

Ilir Meta bir necha yil oldin korrupsiyada ayblangan, biroq mahalliy sud uni oqlagan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (29-04-2017, 18:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют