» » Tramp qurolga egalik qilishni to‘liq man etish tarafdorlariga qarshi kurashishni va’da qildi

Tramp qurolga egalik qilishni to‘liq man etish tarafdorlariga qarshi kurashishni va’da qildi


AQSh prezidenti Donald Tramp qurolga egalik qilishni to‘liq man etish tarafdorlariga qarshi kurashishni va’da qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

“Biz xususiy shaxslar tomonidan qurolga egalik qilishni butkul taqiqlashga urinayotganlarga qarshi kurashamiz. Ovchilarimizni himoya qilamiz va fuqarolarimizning o‘zini mudofaa qilish huquqini ta’minlaymiz”, — deya ta’kidladi Tramp Milliy merganlik assotsiatsiyasining (National Riffle Association, NRA) Atlantadagi anjumanidagi chiqishi chog‘ida.

AQSh prezidentiga ko‘ra, qurol olib yurishning man etilishi faqat jinoyatchilar qurollanishiga olib keladi.

Tramp saylovoldi kampaniyasi chog‘ida fuqarolarni qurolga egalik qilish huquqini faol tarzda yoqlagandi. Bu uning AQShdagi eng nufuzli assotsiatsiyalardan biri bo‘lgan NRA tomonidan qo‘llab-quvvatlanishiga sabab bo‘ldi.

Tramp Ronald Reygandan so‘ng NRA anjumanida chiqish qilgan birinchi AQSh prezidenti bo‘ldi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (29-04-2017, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют