» » Toshkentda tez yordamga chaqiruvlar ko‘paydi

Toshkentda tez yordamga chaqiruvlar ko‘paydi


2020-yilning 15-avgustidan boshlab O‘zbekistonda karantin choralari yumshatilganidan keyin avtotransport vositalarining harakati va bozorlar faoliyatiga bosqichma-bosqich ruxsat berildi. 5-sentabrdan qator faoliyat turlariga cheklovlar bekor qilindi. Ular orasida umumiy ovqatlanish obyektlari (restoran, kafe, oshxona, choyxona), tomosha va madaniy-ko‘ngilochar obyektlari (faqatgina teatr va kinoteatr) hamda parklar va istirohat bog‘laridagi attraksionlar ham mavjud.

Sog‘liqni saqlash vazirligi mazkur cheklovlarning bekor qilingani COVID-19 koronavirus infeksiyasining chekingani va odamlar ehtiyot choralarini unutib, xohlagan joyida harakat qilishlari mumkinligini anglatmasligini qayd etgan.

SSV axborotiga ko‘ra, oxirgi bir hafta davomida koronavirus infeksiyasiga chalinganlarning qayd etilish ko‘rsatkichi sezilarli darajada pasaygan, biroq xotirjamlikka berilish, virusga nisbatan hushyorlikni unutmaslik zarur.

Mavzuga doir: SSV vakili: Koronavirusdan sog‘ayish bo‘yicha ijobiy ko‘rsatkichlardan xotirjamlikka berilmaslik kerak

“Masalaga tez tibbiy yordam xizmatiga qilinayotgan murojaatlar tahlili misolida qaraydigan bo‘lsak, sentabrning dastlabki haftasida chaqiruvlar soni birmuncha oshganligiga guvoh bo‘lamiz. Jumladan, Toshkentda avgustning oxirgi 7 kunida chaqiriqlarning umumiy soni 18 316 ta bo‘lgan bo‘lsa, sentabr oyining birinchi 7 kunligida 19 707 tani tashkil etdi. Bu ko‘rsatkichlar oxirgi haftada chaqiriqlarning umumiy soni 1 391 taga ortganini ko‘rsatadi. 1–7-sentabr kunlari kelib tushgan chaqiruvlardan 6 145 tasi (umumiy chaqiriqlarning 31,2 foizi) tana haroratining oshishi, 3 091 tasi (15,7 foiz) o‘tkir respirator kasalliklari bilan bog‘liq bo‘lgan bo‘lsa, 814 tasi (4,1 foiz) esa pnevmoniya belgilari mavjud bemorlar tomonidan amalga oshirilgan” , — deydi Toshkent shahar tez tibbiy yordam stansiyasi bosh shifokori Umidullo Risqiyev.

Sog‘liqni saqlash vazirligi yana bir bor aholini hushyorlikka va har bir fuqaroni o‘zini himoya qilish qoidalariga qat’iy amal qilishga chaqirgan.

“Agar odamlar qo‘llarini muntazam yuvib, jamoat hamda ish joylarida tibbiy niqobni to‘g‘ri va doimiy tarzda taqib yursa, ijtimoiy masofani saqlashni unutmasa, nafaqat koronavirus infeksiyasidan, balki boshqa mavsumiy o‘tkir respirator kasalliklaridan ham o‘zlarini asrashlari mumkin bo‘ladi. O‘zimiz va yaqinlarimizni asraylik! Salomatligimiz o‘z qo‘limizda!”, – deyiladi SSV xabarida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-09-2020, 22:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют