» » Foto: Oqsaroyda Islom Karimov haykalini o‘rnatish ishlari boshlandi

Foto: Oqsaroyda Islom Karimov haykalini o‘rnatish ishlari boshlandi


Toshkentdagi Oqsaroy qarorgohida O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykalini o‘rnatish bo‘yicha loyiha ishlari boshlandi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.

Fotoda bo‘lajak yodgorlik supasi o‘rnatilganini ko‘rishi mumkin. Qarorgoh hududida obodonlashtirish ishlari ham olib borilmoqda.

O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykalini yaratish bo‘yicha xalqaro tanlovda O‘zbekiston, Turkmaniston, Ukraina, Janubiy Koreya, Italiya, Avstraliya va Germaniyadan 58 nafar haykaltarosh ishtirok etdi. Jami 68 ta loyiha taqdim etildi.

Tanlovda taniqli haykaltarosh Ilhom Jabborov g‘olib chiqdi. Ilhom Jabborov Toshkentdagi Mustaqillik maydoniga o‘rnatilgan Mustaqillik va ezgulik monumenti hamda poytaxt markazidagi Amir Temur haykali muallifi hisoblanadi.

Опубликовано: admin (29-04-2017, 19:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют