» » Buxoroda fotomodel bo‘lishni orzu qilgan qizni chuv tushirgan shaxs qo‘lga tushdi

Buxoroda fotomodel bo‘lishni orzu qilgan qizni chuv tushirgan shaxs qo‘lga tushdi


Buxoroda T.S. ismli qizni aldab, uni mashhur fotomodel qilishiga ishontirib, pullarini olib qo‘ygan va firibgarlik jinoyatini sodir etgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Buxoro viloyati IIB axborot xizmati xabar qilgan.

Xabarga ko‘ra 2020-yil 27-avgust kuni Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi, 1989-yilda tug‘ilgan N.F. Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida yashovchi T.S.ning ishonchiga kirib, o‘zini taniqli jurnal suratkashi sifatida tanishtirgan.

N.F. qizni qadimiy obidalar oldida suratga tushirish maqsadida Buxoro shahriga olib kelib, fotosuratlarini jurnalning bosh sahifasiga chiqarib, uni fotomodel sifatida mashhur qilishini aytgan. Shuningdek, suratkash jurnalning har bir sahifasi uchun qizga 850 ming so‘mdan to‘lov to‘lashga kelishib, jabrlanuvchidan mehmonxona xarajatlari uchun 650 ming so‘m naqd pulini aldov yo‘li bilan olib, firibgarlik jinoyatini sodir etgan.

Holat yuzasidan Buxoro shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi, 2-sonli Ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov guruhi tomonidan muqaddam xuddi shu kabi jinoyatni sodir etganligi uchun sudlanib, javobgarlikka tortilgan F.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avval Buxoroda 500 dollar pora bilan qo‘lga tushgan Sog‘liqni saqlash boshqarmasi xodimiga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani, Buxoroda koronavirusga chalingan fuqaroga kompensatsiya puli to‘g‘rilab berish evaziga 200 dollar talab qilgan shaxs ushlangani, Qorako‘l tumanida fuqarolarning salkam 500 million so‘mlik qoramollarini aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritib, sotib yuborgan fuqaro hibsga olingani haqida xabarlar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2020, 08:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 74) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют