» » Yunusoboddagi xonadondan 33 mln so‘mdan ortiq taqinchoqlarni 4 daqiqada o‘g‘irlab chiqqan ayol ushlandi

Yunusoboddagi xonadondan 33 mln so‘mdan ortiq taqinchoqlarni 4 daqiqada o‘g‘irlab chiqqan ayol ushlandi


Toshkentning Yunusobod tumanidagi xonadonlardan birida o‘g‘rilik sodir etgan ayol ushlandi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2020-yilning 19-yanvarida soat 12:42 dan 12:46 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs Yunusobod tumani Avaz O‘tar ko‘chasida joylashgan uylarning biriga kirish eshigi ochiqligidan foydalanib, g‘ayriqonuniy ravishda kirgan va 33 million 380 so‘mlik turli xil ayollar taqinchoqlarini o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b,g” bandlari (uy-joyga g‘ayriqonuniy ravishda kirib ancha miqdorda o‘g‘rilik sodir etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

O‘tkazilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida jinoyatni 37 yoshli ayol X.S. sodir etganligi aniqlangan va jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, unga nisbatan shaxsiy kafillik tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2020, 09:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 64) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют