» » Andrey Shipilov: “Paxtakor”ni g‘alaba bilan tabriklayman. Boshqa gap yo‘q

Andrey Shipilov: “Paxtakor”ni g‘alaba bilan tabriklayman. Boshqa gap yo‘q


“Metallurg” bosh murabbiyi Andrey Shipilov Coca-Cola Superliga 16-turi doirasida “Paxtakor”ga qarshi kechgan o‘yindagi mag‘lubiyat (0:3) haqida fikr yuritdi.

“Paxtakor” o‘zi yaratgan vaziyatlardan unumli foydalana oldi. Biz esa vaziyatlarni golga aylantira olmadik. Birinchi golda hech narsa bo‘lgani yo‘q, hammasi oddiy. Goldan keyin ham standart vaziyatlardan to‘p kiritishimiz mumkin edi.

Navbatdagi uchrashuvga tayyorlanishimiz uchun bizda vaqt kam. Taqvim tig‘iz. Ishlashda davom etamiz. “Paxtakor”ni g‘alaba bilan tabriklayman va xalqaro maydonda omad tilab qolaman. Boshqa gap yo‘q.

Shahboz Ubaydullayevni maydonga tushirishni istamagandim. Terma jamoa ixtiyoridan kichik jarohat bilan yetib kelgandi. “Paxtakor” bilan o‘yinning darajasi boshqa edi, u bahsga kirishib keta olmadi. Balki, bu mening xatomdir. Uni tushirmasligim kerak edi. E’tibor bergan bo‘lsangiz faqat ikkinchi bo‘limda emas, birinchi bo‘limda ham bizda standart vaziyatlardan gol urish uchun imkoniyat yuzaga keldi. Yuqorida ham aytdim, yana qaytarman, raqib vaziyatlardan foydalandi, biz esa yo‘q. Bu nima bilan bog‘liqligini bilmayman. Ruhiyat bilan bog‘liqdir.

Futbolchilarga raqibda ham ikkita qo‘l va ikkita oyoq borligini aytdim. Raqib o‘z o‘yinini namoyish etdi. Agarda zarbalarni biri golga aylantirganimizda boshqacha bo‘lardi.

Andrey Shipilov, “Metallurg” bosh murabbiyi

“Metallurg” 22 ochko bilan 6-o‘rinni band etib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur o‘yin “Paxtakor”ning Osiyo Chempionlar Ligasidagi ishtiroki sabab muddatidan avval o‘tkazildi. “Metallurg” keyingi o‘yinni 14-tur doirasida OKMKga qarshi o‘tkazadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2020, 10:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют