» » Inson o‘limi bilan yakunlangan YTHda aybdor deb topilgan rossiyalik aktyor Mixail Yefremov 8 yilga qamaldi

Inson o‘limi bilan yakunlangan YTHda aybdor deb topilgan rossiyalik aktyor Mixail Yefremov 8 yilga qamaldi


Moskva sudi aktyor Mixail Yefremovni oxiri o‘lim bilan yakunlangan yo‘l-transport hodisasida aybdor deb topdi va 8 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Bundan tashqari, sud Yefremovdan baxtsiz hodisada vafot etgan Sergey Zaxarovning katta o‘g‘liga tovon puli sifatida 800 000 ming rubl (10 464 dollar) undirib berdi. Shuningdek, Yefremov uch yilga haydovchilik guvohnomasidan mahrum etildi.

Aktyor sud binosining o‘zida hibsga olingan. Ma’lumotlarga ko‘ra, u sud qaroriga hech qanday munosabat bildirmagan va qarorni hech qanday o‘zgarishsiz tinglagan. Jabrlangan tomon ham, himoyachi ham sud hukmi ustidan hech qanday shikoyat qilmagan.

Prokuratura Yefremovni umumiy tartibdagi koloniyada 11 yilga ozodlikdan mahrum qilishni so‘ragan. Ishni ko‘rib chiqish vaqtida oqlovchi guvohlar Aleksandr Kobes, Andrey Gayev va Tevan Badasyanni topgan va ular Yefremov hodisa vaqtida yo‘lovchi o‘rindig‘ida bo‘lganini ma’lum qilgan. Biroq sud ularning ko‘rsatmasini qabul qilmagan, chunki ularning so‘zlari tasdiqlanmagan va to‘plangan dalillarga zid deb qaror qilingan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2020-yil 8-iyun kuni Yefremovning mashinasi “Sadovoy” halqasida qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, boshqa mashina bilan to‘qnashgan. Haydovchi keyinchalik kasalxonada vafot etgan. Ekspertiza natijalari shuni ko‘rsatdiki, voqea sodir bo‘lgan paytda aktyor mast bo‘lgan va uning qonidan giyohvand moddalari asorati ham topilgan.

Ekspertiza xulosalariga ko‘ra, haydovchining xavfsizlik yostiqchasida avtohalokat paytida faollashgan ter va bakteriya hujayralari topilgan. DNK’ning tadqiqotlariga ko‘ra, ular Yefremovga tegishli bo‘lgan. Bu esa to‘qnashuv paytida mashinani Yefremov boshqarganini bildiradi.

Advokat Elman Pashayev aktyorning xotirasini tiklash uchun davolanishga yuborishini so‘radi. Voqea sodir bo‘lganidan keyin Mixail Yefremov o‘z aybini tan olgan, ammo keyinchalik so‘zlaridan qaytgan. Sud ishidagi so‘nggi uchrashuvda aktyor yana aybiga iqror bo‘ldi, ammo prokuror so‘ragan muddatni “o‘lim bilan barobar” dedi.

“Bu vahshiylik, albatta, chunki ozodlikni ko‘rguncha umrim tugashidan qo‘rqaman. Bu o‘lim jazosiga teng”, ? dedi aktyor.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2020, 10:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют