» » “Maktablar ochilishi bo‘yicha qarorni faqatgina mahalliy kengash deputatlari qabul qiladi” – Sherzod Shermatov

“Maktablar ochilishi bo‘yicha qarorni faqatgina mahalliy kengash deputatlari qabul qiladi” – Sherzod Shermatov


O‘zbekistonda maktablar ochilishi bo‘yicha qarorni faqatgina mahalliy kengash deputatlari qabul qiladi. Bunda maktablarning haqiqiy tayyorligi, hududdagi sanitariya-epidemiologik holat va sog‘liqni saqlash tizimi imkoniyatidan kelib chiqiladi. Bu haqda xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov Telegram kanalida ma’lum qildi.

Vazirning ma’lum qilishicha, Prezident tomonidan o‘tgan yillarda olib borilayotgan asosiy islohotlardan biri bu — bosqichma-bosqich mahalliy kengashlar vakolatini oshirib borish. Ular hozirgi kunda mahalliy budjetni ham qaysi yo‘nalishda ishlatishni belgilab beradilar (avvallari deyarli mahalliy budjetda mablag‘ bo‘lmagan edi).

“Mahalliy deputatlar maktab ochishdan avval uni pirometr, dozator (yoki pulverizator), antiseptik va dezinfeksiya vositalari bilan ta’minlash uchun mablag‘ ajratilgani, maktablarga yetarli vositalar yetkazib berilganiga ishonch hosil qilganidan so‘nggina kengashda ushbu maktab faoliyatini boshlash bo‘yicha qaror qabul qilishi mumkin.

Maktab sanitariya talablariga javob bermasa, o‘sha hududda sanitariya-epidemiologik holat yaxshi bo‘lmasa yoki sog‘liqni saqlash tizimi kasallanganlar soni ortishiga bardosh bera olmasligini bilishsa, mahalliy kengash aynan o‘sha maktabni ochmaslik bo‘yicha ham qaror qabul qilishi mumkin. Unday holatda o‘quvchilar yaqinroqda boshqa ochilgan maktab binosida yoki 14-sentabrda yangi o‘quv yili darslari boshlanganida teledarslar orqali masofaviy ta’lim olishlari mumkin bo‘ladi.

Albatta, mahalliy budjetda mablag‘lar yetarli bo‘lmagan sharoitda qaysidir boshqa xarajatlarni qisqartirib, uni bu yo‘nalishlarga sarflash bo‘yicha qaror qabul qilish vakolati ham aynan mahalliy kengashlarda. Masalan, tuman markazini obodonlashtirish uchun mablag‘ ajratish muhimmi yoki maktablarga antiseptik vositalarni sotib olib berishmi, degan savolga mahalliy kengash deputatlari javob topishlariga to‘g‘ri keladi. Mabodo qaysidir joylarda mablag‘ ajratilmasdan, majburiyatni maktab jamoasiga yuklab qo‘yish holatlari bo‘lsa, bunday holatlar mahalliy kengash deputatlarimiz tomonidan tanqidiy o‘rganib chiqilishi maqsadga muvofiq”, — deydi Shermatov.

Mavzuga doir: Xalq ta’limi vazirligi sanitariya talablariga javob bermaydigan maktablar o‘qishni masofaviy tarzda olib borishini ma’lum qildi

Uning bildirishicha, aynan har bir maktab holati, joydagi epidemiologik vaziyat va sog‘liqni saqlash tizimi imkoniyatlarini o‘rganib chiqib, faqatgina mahalliy kengashlar haqiqiy holatdan kelib chiqibgina qaror qabul qilishi zarurligi prezident tomonidan alohida ta’kidlab o‘tilgan.

“Markazdan turib, hamma maktablar falon kuni ochiladi deb hech kim aytmaydi! Ikkinchi tomondan, barcha sanitariya talablariga rioya etilgan taqdirda ham maktabda koronavirus yuqmaydi, deb ham hech kim kafolat berolmaydi. Bunga Germaniya, Koreya kabi davlatlarda anchagina maktablar virus tarqalgani sababli qaytadan yopilganini misol qilib keltirsa bo‘ladi. Ularda nafaqat moddiy imkoniyatlari yuqori, balki jamoat joylarida aholining o‘zini tartibli tutishi biznikilardan ko‘ra ancha yaxshi ekanligini ham tan olish kerak (misol sifatida ulardagi va bizdagi odamlarni navbatda qanday turish madaniyatini kuzatishingiz mumkin).

Shuningdek, farzandini an’anaviy ko‘rinishdagi maktabga yuborish yoki uyda teledarslar orqali o‘qitish haqidagi qarorni faqatgina ota-onalar o‘zlari qabul qilishlari muhimligi ham bir necha bor ta’kidlab o‘tildi. Bu masalada hech kimni majburlashga yo‘l qo‘yilmaydi”, – dedi Sherzod Shermatov.

Avvalroq O‘zbekistonda 329 ta maktab o‘z faoliyatini qayta boshlagani xabar qilingan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2020, 11:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют