» » AstraZeneca koronavirusga qarshi vaksina sinovlari bemorlarning birida ikkilamchi ta’sir paydo bo‘lgani sabab to‘xtatildi

AstraZeneca koronavirusga qarshi vaksina sinovlari bemorlarning birida ikkilamchi ta’sir paydo bo‘lgani sabab to‘xtatildi


Britaniya—Shvetsiyaning AstraZeneca farmatsevtika kompaniyasi koronavirusga qarshi vaksinasining AQShda o‘tkazilayotgan uchinchi faza sinovlarini to‘xtatib qo‘ydi. Bunga bemorlardan birida ikkilamchi ta’sir paydo bo‘lgani sabab bo‘lgan. Bu haqda Amerikadagi Stat tibbiyot jurnali kompaniya vakiliga tayanib xabar berdi, deya ma’lum qiladi “TASS”.

Kompaniya vakilining so‘zlariga ko‘ra, standart tekshiruv “vaksinatsiyaning test jarayonlarini to‘xtatib turishga olib kelgan bo‘lib, xavfsizlikka oid ma’lumotlar tahlildan o‘tkaziladi”. Nashrning aniqlik kiritishicha, vaksina sabab ikkilamchi ta’sir paydo bo‘lgan sinov ishtirokchisi tuzalib ketadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ismi oshkor etilmagan bemor Buyuk Britaniyada koronavirusga qarshi vaksinaning ikkinchi yoki uchinchi fazasida ishtirok etgan, biroq AstraZeneca vakili ushbu holatga izoh berishni istamagan. Shuningdek, u vaksinani qabul qilish oqibatida bemorda qanday ikkilamchi ta’sirlar paydo bo‘lmagani ham oydinlik kiritmagan.

Eslatib o‘tamiz, Oksford universiteti olimlari bilan hamkorlikda yaratilgan AstraZeneca vaksinasining uchinchi fazasi AQShda avgust oxirlarida boshlangan bo‘lib, unda 30 ming amerikalik ishtirok etmoqda. Ularning vaksinasi hali tasdiqlanmagan. Vaksina ayni paytda Buyuk Britaniya, Braziliya va Janubiy Afrikada klinik sinovlardan o‘tkazilmoqda. Kompaniya vaksinani yaratish uchun AQSh hukumatidan bir milliard dollardan ortiq mablag‘ olgan.

Avvalroq Buyuk Britaniya Pfizer Inc, BioNTech hamda Fransiyaning Valneva kompaniyalari bilan hozirda sinov jarayonida bo‘lgan koronavirusga qarshi vaksinalarni 90 million dozada sotib olish bo‘ycha shartnoma imzolagani xabar berilgan edi.

Mavzuga doir: Buyuk Britaniya hali tasdiqlanmagan COVID-19’ga qarshi vaksinaning millionta dozasiga buyurtma berdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2020, 12:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют