» » Bosh prokuratura Navoiyda MFYlar haqidagi maqolasi uchun tahdidga uchragan talaba qizning ishi boyicha malumot berdi

Bosh prokuratura Navoiyda MFYlar haqidagi maqolasi uchun tahdidga uchragan talaba qizning ishi boyicha malumot berdi


Bosh prokuratura Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabasi Mahfuza Polatovaning Navoiy ziyosi gazetasida chop etilgan Efir uchun qilinayotgan ehsonlar sarlavhali maqolasi uchun mahalla raisi tomonidanbosimga uchraganiyuzasidan organish otkazayotgani togrisida xabar berilgandi. Bosh prokuratura matbuotkotibi Hayot Shamsutdinov 8-sentabr kuni ushbu holat Karmana tumani prokuraturasi tomonidan organilganinimalum qildi.

Aniqlanishicha, Karmana tumani Bogishamol mahallasi va homiylar tomonidan mazkur mahallada yashovchi S.Ilmurodovaga 2020-yilning mayavgust oylarida oziq-ovqat mahsulotlari va moddiy yordam puli berilgan.

1999-yilda Nurota tumanida tugilgan Jurnalistika yonalishi 2-bosqich talabasi Mahfuza Polatova qoshnisi S.Ilmurodovadan unga haqiqatan ham oziq-ovqat mahsulotlari va moddiy yordam puli berilgani, mahalla xodimlari tomonidan suratga tushirilganligi haqida malumot olgan va shu asosda6-avgust kuniNavoiy ziyosi gazetasida Efir uchun qilinayotgan ehsonlar nomli maqolasi chop etilgan.

Bogishamol mahallasi raisi Maqsud Pardayev, orinbosari H.Abdualimov bilan talaba Mahfuza Polatova maqolada korsatgan holatlarga aniqlik kiritish uchun3-sentabr kuni S.Ilmurodovaning yashash xonadoniga borib, u bilan suhbatlashayotganida Polatova va otasi Pardayev hamda ushbu mahallada yashovchi fuqaro O.Mamatova ham suhbatga qoshilgan.

Fuqaro S.Ilmurodova korsatilgan moddiy yordam uchun hech qanday etirozi yoqligini malum qilgan. M.Pardayev Mahfuza Polatovaga maqoladagi holatlarni toliq organmasdan chop etganligini, bunday holatlarga mahallada yashovchi boshqa xolis fuqarolar ishtirokida aniqlik kiritilishi lozimligini malum qilgan.

Organish davomida tumanning mahalla va oilani qollab-quvvatlash bolimi tomonidan xizmat tekshiruvi otkazilib, Mahfuza Polatovaning gazetaga maqola chop etganligi uchun Bogishamol mahallasi raisi Maqsud Pardayev unga bosim otkazganligi holati oz tasdigini topmagan.

Bundan tashqari, 4-sentabr kuni Mahfuza Polatovaning otasi R.Pardayev va yon qoshnisi I.Yodgorov, uning ogli A.Yodgorov ortasida maqola yuzasidan kelib chiqqan janjalda ular bir-birlarini urib tan jarohati yetkazgan. Holat yuzasidan tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshirish otkazilgan.

Natijada7-sentabr kuni I.Yodgorov va R.Pardayevga Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeksning 41, 52-moddalari, A.Yodgorovga esa 52-moddasi boyicha Mamuriy javobgarlik togrisida ish qozgatilib, korib chiqish uchun tuman mamuriy sudiga yuborilgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmati

Mavzuga doir:Senat Samarqandda eri xorlagan va majburlab pampers yedirgan ayol bilan bogliq holatni nazoratga oldi



Manba: Daryo.uz
: admin (9-09-2020, 13:10)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 12) ( 0) ( 12) ( 0)
:
-
:
:
-
20 ... -