» » O‘zbekistonning eng keksa senatori vafoti etdi

O‘zbekistonning eng keksa senatori vafoti etdi


Oliy Majlis Senati a’zosi, Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi, jurnalist, “El-yurt hurmati” ordeni sohibi Sharap Usnatdinov 78 yoshida vafot etdi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar berdi.

Jurnalist, siyosatchi Sharap Usnatdinov 1942-yil Kegeyli tumanida tug‘ilgan. Toshkent davlat universitetining (hozirgi O‘zMU) jurnalistika fakultetini tugatgan. Yozuvchi, jamoat arbobi “Kimga kech, kimga tong sahar”, “So‘nggi ovchi”, “Ko‘rganlarim, ko‘ngildagilarim”, “Birinchi qoraqalpoq baletmeysteri”, “Shoirning yoshligi” kabi roman va qissalar yozib qoldirgan.

Sharap Usnatdinov Nuroniy jamg‘armasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisi sifatida uzoq yillar faoliyat yuritgan. U 2020-yil yanvarida o‘tkazilgan saylovlarda Senat a’zosi etib saylangan va yangilangan Senatning eng keksa a’zosi bo‘lgandi.

Xabarda marhumning o‘limi sababiga aniqlik kiritilmagan.

Avvalroq O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, xonanda va shifokor Avazbek Mahmudov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi va yozuvchi Poyon Ravshanov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, iste’fodagi polkovnik Ikromjon Bo‘ronov vafot etgani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2020, 13:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 63) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют