» » Bloomberg Apple yangi iPhone’larini oktabrda taqdim etishini ma’lum qildi

Bloomberg Apple yangi iPhone’larini oktabrda taqdim etishini ma’lum qildi


Apple kompaniyasi 15-sentabr kuni o‘tkaziladigan ilk kuzgi taqdimotining anonsi bilan bo‘lishdi. Taxminlarga ko‘ra, ushbu tadbirda kompaniya iPhone 12 va boshqa bir qancha yangi qurilmalarini taqdim etishi kerak. Biroq Bloomberg’ning yozishicha, smartfonlar faqatgina oktabrda o‘tkaziladigan alohida taqdimotda namoyish etiladi.

Nashr hisobida yozilishicha, Apple’ning 15-sentabrdagi taqdimoti biroz kichik ko‘lamli anonslarga bag‘ishlangan. Kompaniya kichik hoshiyali va barmoq izi skaneriga ega yangi iPad Air’ni, qondagi kislorod miqdorini o‘lchashga qodir Apple Watch Series 6 soatini, shuningdek, kichraytirilgan HomePod kolonkasi va Apple brendi ostidagi ilk ulama naushniklarini taqdim etishi kerak.

Agarda ushbu ma’lumot to‘g‘ri bo‘lsa, bu kompaniya 2012-yildan buyon (iPhone 5 taqdimoti) sentabrda o‘tkazilmagan ilk taqdimotga aylanadi. Belgilangan muddatning cho‘zilib ketishiga koronavirus pandemiyasi sabab bo‘lgan, shu sababli kompaniya yetarlicha smartfonlarni ishlab chiqarishga ulgurmay qoldi.

Mavzuga doir: 

Avvalroq Jon Prosser ismli insayder iPhone 12 lineykasining taqdimoti 12-oktabr kuni o‘tkazilishi haqida ma’lumot bergani xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2020, 13:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 70) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют