» » Kuzgi “shpargalka”: yorqin kiyinishda street-style yulduzlaridan ilhomlaning

Kuzgi “shpargalka”: yorqin kiyinishda street-style yulduzlaridan ilhomlaning


Kuz fasli kayfiyat yomonlashishi yoki tushkunlikka tushish uchun bahona bo‘lmasligi kerak. Aksincha tabiat — daraxt, yaproqlardagi ranglardan ilhomlanish va havo harorati qanday bo‘lishidan qat’i nazar rang-barang va didli kiyinish kerak. Mashhur dizaynerlarning kuz-qish kolleksiyalari, xususan, Bottega Veneta moda ko‘rgazmasidan o‘rin olgan laym rangidagi liboslar yuqoridagi fikrga isbot bo‘la oladi.

Obraz yaratishda xato qilishdan cho‘chiydiganlarga esa street-style uslubida kiyinadigan moda ixlosmandlarini kuzatish tavsiya qilinadi.

O‘z uslubiga va didiga ega bo‘lgan modasevar ayol-qizlar allaqachon asosiy trendlarni obrazlarida qo‘llashni boshlab yuborgan. Siz va biz esa ulardan ilhomlanishimiz va kiyinish uslubimizga yangilik baxsh etishimiz mumkin.

Ishni nimadan boshlashni bilmayotgan bo‘lsangiz eng avvalo bir qancha rangni o‘zida umumlashtirgan ustki kiyim yoki libos xarid qiling.

Keyin esa obrazingizga yorqin aksessuar — sumka, kamar, taqinchoq yoki poyabzal qo‘shing. Suratdagi model singari The Pouch Bottega Veneta qizil klatchi bilan Balenciaga brendi singari printli libosdan g‘oya olsangiz bo‘ladi.

Shimni ham suratdagidek yorqin olovrang yoki boshqa rangini tanlang. Hamma shablonlarni chetga surish va e’tiborni yorqinlik va qiziqarli printlarga qaratish maqsadga muvofiq.

Variantlar ko‘p, asosiysi esa yangilikdan va ranglar bilan “o‘ynashdan” qo‘rqmaslik, ijodkorona yondashib, qolipga tushib qolmaslikka harakat qilish kerak.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2020, 16:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют