» » Eshagidan to‘qimi qimmat. O‘z jamoasiga kerak bo‘lmay qolgan 5 nafar futbol yulduzi haqida

Eshagidan to‘qimi qimmat. O‘z jamoasiga kerak bo‘lmay qolgan 5 nafar futbol yulduzi haqida


Roppa-rosa bir oydan so‘ng (oktabr oyida) Yevropada transfer oynasi yopiladi. Klublar esa asta-sekin keraksiz futbolchilardan xalos bo‘lmoqda. Ular orasida Yevropada o‘zi uchun yangi jamoa topa olmayotgan yulduzlar ham bor. Ularga MLS va Yaqin Sharqdan takliflar bo‘lmoqda, ammo ko‘hna qit’ada ular bilan hech kim qiziqmayapti. Quyida ana shunday muammoga duch kelgan (na o‘z klubiga va na boshqa klubga keraksiz) besh nafar yulduz futbolchi haqida so‘z boradi.

Garet Beyl

Uelslik futbolchi o‘tgan mavsumning asosiy omadsizlaridan biri bo‘ldi. Garetning Zidan bilan munosabatlari tamomila darz ketdi. “Real” bosh murabbiyi uni zaxirada qoldirishni boshladi va keyinchalik esa Beylning o‘zi o‘ynashni xohlamayotganini aytdi. Bir yil oldin Madrid 31 yoshli futbolchini Xitoy klubiga sotishdan bosh tortgan edi. O‘shanda unga “Szyansu Sunin” klubi yiliga 22 million yevro maoshli uch yillik shartnoma imzolashni taklif etgandi, ammo “qaymoqranglilar” so‘nggi lahzada ushbu transferning amalga oshishiga to‘sqinlik qilgandi. Bugungi kunga kelib esa “Real” Beyldan qutulmoqchi, biroq taklifdan esa darak yo‘q.

Buning hammasiga Beylning transfer narxi balandligi va futbolchining maoshi sabab qilib ko‘rsatilmoqda. Transfermarkt portaliga ko‘ra, Beyl tovon puli 28 million yevroga baholangan. Garetning o‘zi esa yaqinda Madrid klubidan ketish varianti paydo bo‘lsa, ularni ko‘rib chiqishga tayyorligini ma’lum qildi. Omadsiz o‘tgan mavsumga qaramay, Uels bosh murabbiyi Rayan Giggz yulduz futbolchini Millatlar Ligasi o‘yinlariga jalb etdi.

Samyuel Umtiti

Ispan matbuotidagi xabarlarga ko‘ra, “ko‘k-anorranglilar”ning yangi bosh murabbiyi Ronald Kuman Umtitining xizmatlaridan voz kechgan. Kataloniya klubi Umtitini sotib yuborish yoki ijaraga berish haqida o‘ylamoqda, biroq hech qaysi klub bir vaqtlar “yangi Puyol” deb nom berilgan futbolchini o‘z safida ko‘rishni istamayapti. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, klub rahbariyati hatto fransiyalik futbolchi bilan shartnomani bekor qilish haqida o‘ylamoqda. Biroq Umtitining o‘zi Kataloniya klubini tark etmoqchi emas. 26 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi 2023-yilgacha mo‘ljallangan. Uning Transfermarkt’dagi narxi 32 million yevroni tashkil qiladi.

Mesut O‘zil

“Arsenal” tarixidagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchi faoliyatidagi eng yomon mavsumni o‘tkazdi. Premyer Liganing 2019/2020-yilgi mavsumida germaniyalik futbolchi atigi 18 uchrashuv o‘tkazib, bitta gol urdi va ikkita golli pas berdi. O‘zilning o‘zi esa intervyularidan birida mavsum davomida Arteta uni kamdan kam asosiy tarkibda maydonga tushirgani va bundan hafsalasi pir bo‘lganini aytdi. Iyul oyida esa Mesut “Fenerbahche”ning taklifini rad etdi. Yuqoridagi yulduzlar bilan bo‘lgani kabi, O‘zil issiq joyini tark etmoqchi emas, boisi u haftasiga (o‘ynamay) 350 ming funt topadi. Yiliga esa ushbu miqdor, taxminan, 20 million yevroga borib qoladi. Mesut kelasi mavsumda ham Londonda qolishni va shartnomasini yakunlab qo‘ymoqchi. Aftidan, “Arsenal” nemisni boshqa klubga sotolmaydigan ko‘rinadi va O‘zilning erkin agent sifatida ketishini sabr bilan kutadi. Transfermarkt Mesutni atigi 12 million yevroga baholagan.

Toma Lemar

2018-yilda “Atletiko” Lemar uchun 70 million yevro to‘lagandi. Ammo Madriddagi ikki mavsum davomida fransuz sarflangan millionlarni oqlamadi. La Liganing o‘tgan mavsumida Toma bitta ham samarali harakat amalga oshirmadi. Simeone esa 24 yoshli yarim himoyachidan xalos bo‘lish haqida bosh qotirmoqda. Ta’kidlanishicha, Lemar APL yoki Liga-1 da o‘ynamoqchi va shu sababdan “Portu” taklifini rad etgan. Ammo u yerdagilar Lemarni ko‘rishni xohlamayapti. Muammo ham shunda aslida. Futbolchining “matraschilar” bilan shartnomasi 2023-yil iyunigacha amal qiladi. Transfermarkt Lemarni 24 million yevroga baholagan. Katta ehtimol bilan madridliklar rahbariyati uni bu mablag‘ evaziga sotmaydi.

Gonsalo Iguain

Turin klubining yangi bosh murabbiyi Andrea Pirlo mavsumlar oralig‘ida jamoa va futbolchining yo‘llari ayro ketishini ochiqchasiga e’lon qildi. So‘nggi xabarlarga ko‘ra, “Yuventus” argentinalik hujumchi bilan shartnomani bekor qilish ustida jiddiy ish olib bormoqda. Iguain esa kelasi yilning iyun oyigacha amal qiladigan shartnoma bekor qilinayotgani uchun tovon pulini olishdan umid qilmoqda. Ushbu ma’lumotni Gonsaloning akasi va agenti Nikolas Iguain ham tasdiqlagan. Iguainning holati yuqorida nomlari keltirilgan futbolchilar bilan solishtirganda nisbatan, yaxshiroqdir, boisi argentinalik hujumchi faoliyatini Devid Bekhemning “Inter Mayami”sida davom ettirishga yaqin turibdi va u bilan ikki yillik shartnoma borasida kelishib olgani ta’kidlanmoqda.

Boshqa maqolalar:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2020, 17:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 67) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют