» » Amerikalik qiz birinchi uchrashuvdan keyin yigitining sportkarini haydadi va pachoq qildi

Amerikalik qiz birinchi uchrashuvdan keyin yigitining sportkarini haydadi va pachoq qildi


Amerikaning Viskonsin shtatida yashovchi qiz yigitining Nissan 350Z sportkarida sobiq yigiti bilan sayr qilgan va avtohalokatga uchragan. “Korrespondent.net”ning yozishicha, ushbu voqeadan keyin qiz mashina egasining telefon qo‘ng‘iroqlariga javob bermagan.

Ma’lum bo‘lishicha, Osten Greb ilk uchrashuvda 22 yashar yoqtirgan qizi uyga yetib olishi uchun oq sport mashinasini berib turgan. Lekin qiz sportkarni minib sobiq yigitining yoniga borgan. O‘sha kunning o‘zida qiz boshqaruvni yo‘qotgan va mashina betonga borib urilgan. Ushbu voqeadan keyin qiz Grebga, mashinasini urib olganini yozib yuborgan va telefonini o‘chirib qo‘ygan.

Osten, Nissan rusumli mashinasi qayerda ekanligini bilish uchun bir necha politsiya idorasiga qo‘ng‘iroq qilgan. Voqea joyiga kelgach esa sportkarning old qismi butunlay pachoq bo‘lgani, salon ichi qon va yangi tanishining tishi singaniga guvoh bo‘lgan.

“Politsiya xodimlaridan mashinamda qandaydir erkak bo‘lgani haqida xabar topdim”, — degan Greb. Mashinasini ta’mirdan chiqarish uchun unga 8 ming dollar kerakligini qo‘shimcha qilgan yigit, aybdor qizdan umid ham qilmay o‘sha zahoti munosabatlariga nuqta qo‘ygan va GoFoundMe xayriya platformasida pul yig‘ish uchun sahifa ochgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2020, 19:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют