» » Kattaqo‘rg‘onda 10 nafar ehtiyojmand xotin-qizga bepul uy berildi

Kattaqo‘rg‘onda 10 nafar ehtiyojmand xotin-qizga bepul uy berildi


Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanidagi “Bog‘ot” mahallasida qurilgan 2 sotixli 10 ta yangi uy ijtimoiy ahvoli og‘ir, turar joyga muhtoj oilalarga bepul berildi. Bu haqda “Daryo”ga Kattaqo‘rg‘on tuman hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, mazkur uy-joylar qurilishiga 1 milliard 600 million so‘m mablag‘ sarflangan bo‘lib, shundan 643 million so‘mi Kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan to‘lab berilgan. Qolgani mahalliy budjetning orttirib bajarilgan mablag‘lari hisobidan qoplangan.

“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari evaziga esa uylarni jihozlash ishlari amalga oshirilgan.

“Boshingga ish tushganda muruvvat ko‘rsatilsa, ko‘z yoshingni yashirolmas ekansan, — deydi yangi uy sohibalaridan biri Humora Ismoilova. — Uyimiz yo‘q edi. Turmush o‘rtog‘im yo‘l qurilishida ishlardi. Yaqinda baxtsiz hodisa tufayli olamdan o‘tdi. Qizim bilan qayerga borishimni bilmay turganimda bepul uy berilgani hayotimdagi eng quvonchli kun bo‘ldi. Yaxshiyam muhtojlarni e’tiborsiz qoldirmaydigan el farzandiman, o‘zbekistonlik ekanligimdan mamnunman”.

Yangi uyni egalariga topshirish marosimida tuman hokimi A’zamxon Bahramov, ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi respublika Kengashi raisi Ravshan Bedilov, viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi raisi Suhrob Rafiqov, sektorlar va tegishli tashkilotlar rahbarlari, quruvchilar va bir guruh mahalla faollari ishtirok etdi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2020, 20:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют