» » O‘zbekistonda 9-sentabr kuni 512 kishida koronavirus aniqlandi. Bu 20 kun ichidagi eng yuqori ko‘rsatkich

O‘zbekistonda 9-sentabr kuni 512 kishida koronavirus aniqlandi. Bu 20 kun ichidagi eng yuqori ko‘rsatkich


O‘zbekistonda 8-sentabr soat 23:30 dan 9-sentabr soat 23:30 ga qadar koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 512 ta holat qayd etildi. 20-avgustdan so‘ng birinchi marta kunlik kasallanganlar soni 500 nafardan oshdi. Yangi holatlardan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 44930 nafarga yetdi. Koronavirusga chalinish holatlarining 1,1 foizi 9-sentabrga to‘g‘ri keldi. Bundan tashqari, O‘zbekiston koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha Qirg‘izistondan o‘tib ketib, dunyoda 60-o‘ringa chiqib oldi.

Yangi kasallangan 512 kishining barchasi tana harorati ko‘tarilgani bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasidan aniqlangan:

Kun davomida 9 ta hududda koronavirusga chalinish holati qayd etildi. 28-avgust kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kuniga o‘rtacha 370 nafar yangi bemor aniqlanishi karantin talablari yumshatilgan hozirgi sharoitda nazorat ko‘rsatkichi bo‘lishini qayd etgandi. Prezident haqiqiy holat bo‘yicha raqamlarni yashirishga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida barcha rahbarlarni ogohlantirdi. Bunga urinish jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan qat’iy choralarga olib kelishi mumkinligi ta’kidlandi. O‘sha yig‘ilish o‘tkazilgan kundan so‘ng ikkinchi marta kunlik kasallanish holatlari 370 tadan oshdi.

Birinchi o‘lim. Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida yashagan 83 yoshli M.M. ismli ayol vafot etgan.

Ikkinchi o‘lim. Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida yashagan 56 yoshli E.D. ismli erkak vafot etgan.

Uchinchi o‘lim. Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i Hamza Fayziyev 61 yoshida koronavirus asoratlari oqibatida vafot etdi. Bu haqda marhumning hamkasblariga tayanib, “Xabar.uz” xabar berdi.

“Hamza Fayziyev fidoyi xodim sifatida tilga tushgan prokurorlardan edi. Tizimning eng quyi pog‘onasidan to markaziy mahkamasigacha bo‘lgan mashaqqatli yo‘lni matonat bilan bosib o‘tgan”, — deyiladi 8-sentabrdagi xabarda.

Uning o‘limi bo‘yicha SSV hozirgacha axborot bermagan.

To‘rtinchi o‘lim. Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashagan 56 yoshli E.A. ismli erkak vafot etgan.

Beshinchi o‘lim. Toshkent shahri Shayxontohur tumanida yashagan 59 yoshli Z.A. ismli erkak vafot etgan.

Oltinchi o‘lim. Toshkent shahri Olmazor tumanida yashagan 59 yoshli U.T. ismli erkak vafot etgan.

Yettinchi o‘lim. Toshkent viloyati Chirchiq shahrida yashagan 55 yoshli G‘.D. ismli erkak vafot etgan.

Hozirgacha Sog‘liqni saqlash vazirligi 366 kishining koronavirus asoratlaridan vafot etganini xabar berdi. “Daryo” hisobi bo‘yicha koronavirusga chalingach, vafot etganlar soni 380 nafarni tashkil etmoqda.

SSV tomonidan koronavirus qurboni bo‘lgani “tan olinmaganlar”:

Taniqli rejissor Sarvar Karimov ham 17-iyul kuni otasi koronavirus infeksiyasidan vafot etgani, ammo unga tashxis qo‘yilmaganini ma’lum qilgandi. Rejissorning o‘zi va uning boshqa oila a’zolarida koronavirus tasdiqlangan. Shuningdek, 26-iyul kuni bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov 24-iyul kuni Samarqanddagi Ipak yo‘li xalqaro turizm universitetining 33 yoshli magistranti O‘tkir Temirov kasallikdan vafot etganini aytgan. Ma’lum bo‘lishicha, marhum o‘zida COVID-19’ning barcha belgilari bo‘lsa-da, test ham topshira olmagan, kasalxonaga ham yota olmagan. Qoraqalpog‘istonning Taxtako‘pir tumani shifoxonasining 32 yoshli tez tibbiy yordam hamshirasi Aliya Jiyemuratova 28-iyul kuni koronavirusdan vafot etgani haqida “Makan.uz” xabar tarqatdi. Qashqadaryoda yana bir tibbiyot xodimi, xususiy klinika bosh shifokori To‘raqul Xoliqov 65 yoshida vafot etdi. “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan xususiy klinika mas’ullarining ta’kidlashicha, To‘raqul Xoliqov so‘nggi bir oy davomida koronavirus kasalligidan davolanib kelgan.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2352 nafar bemordan 427 nafari og‘ir, 224 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

9-sentabr kuni O‘zbekistonning 7 ta hududida 314 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi. Sentabrda to‘rtinchi marta kunlik sog‘ayish ko‘rsatkichi yangi kasallanish holatlaridan past bo‘ldi.

Yangi tuzalganlarning

Ularning qanchasi uy sharoitida, qanchasi statsionar sharoitda davolanganiga SSV aniqlik kiritmagan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirus epidemiyasi sabab sog‘liqni saqlash tizimiga tushayotgan yuklamani bir qadar yengillatish maqsadida 5-iyuldan boshlab koronavirus infeksiyasi alomatsiz kechayotgan bemorlarga uy sharoitida davolanishga ruxsat berilgan, ushbu yo‘nalishda yo‘riqnoma va eslatmalar ham e’lon qilingan.

Biroq Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalinganlarga doir axborotlarida yangi bemorlarning qanchasida kasallik alomatsiz (simptomsiz) kechayotganiga aniqlik kiritmayapti, shu boisdan ayni vaqtda koronavirusdan davolanayotgan bemorlarning qanchasi kasalxonalarda qolayotgani, qanchasi uy sharoitida davolanayotgani ma’lum emas.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 44 930 nafar bemordan 42 212 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 94 foizni tashkil etmoqda. To‘rt kundan buyon davolanish ko‘rsatkichi 94 foiz bo‘lib turibdi. Bu eng yuqori natija hisoblanadi.

Xabar to‘ldirilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-09-2020, 23:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют