» » #Instasurat: “Inomarka”lar orasidagi Isroil Madrimov, tabiat bilan hamnafas Konor, 100 ta gol urgan Ronaldu va faylasuf Ruslan Chagayev

#Instasurat: “Inomarka”lar orasidagi Isroil Madrimov, tabiat bilan hamnafas Konor, 100 ta gol urgan Ronaldu va faylasuf Ruslan Chagayev


“Daryo” dunyo va o‘zbek sporti yulduzlarining Instagram tarmog‘ida obunachilari bilan bo‘lishgan eng so‘nggi suratlari va yangiliklarini taqdim etadi.

Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasidagi 100-golini urdi va quyidagi gaplarni aytdi: “Bu tarixiy ko‘rsatkichni qayd etishimda yordam bergan terma jamoadagi murabbiylar va jamoadoshlarimga rahmat aytaman”

Donni van de Bek “Manchester Yunayted”dagi ilk mashg‘ulotini o‘tkazdi va ushbu surat bilan bo‘lishdi

Shohjahon Ergashev navbatdagi raqibi nomini ma’lum qildi: “COVID-19 sabab viza bilan muammo bo‘ldi, raqibim o‘zgardi. Sankt-Peterburgda ko‘rishguncha”.

“Paxtakor” ustozi Superligada avgust oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi va gruziyalik mutaxassis bu borada o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Bu fantastik oy bo‘ldi, biz to‘rtta o‘yinda 16 ta gol urdik va bor-yo‘g‘i ikkita to‘p o‘tkazib yubordik”.

Konor Makgregor tabiat qo‘ynida shug‘ullanmoqda

Lebron Jeyms muxlislarga: “Lebronni qay daraja bilasiz?”, deya savol qo‘ymoqda

Ruslan Chagayevdan iqtibos: “Ko‘pchilik tushunish uchun eshitmaydi, ular javob berish uchun eshitadi”.

Ruslan Chagayev ishtirokidagi janglarni bu yerda tomosha qilish mumkin — HAVOLA.

Oston O‘runov “Spartak” mashg‘ulotlarida

“Real” Luka Modrichni tavallud kuni bilan tabrikladi. Luka, necha yoshga to‘lding?

Isroil Madrimov AQShdan Xorazmga o‘ziga xos salom yo‘lladi

#Instasurat: Malibu’larga yarashgan Jalolov, mashg‘ulotlarga qaytganidan baxtiyor Ronaldu va o‘zgarmas Chusovitina



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2020, 02:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 26) ( 0) ( 25) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют