» » Stokgolmda vikinglar haqidagi afsonalarga qarshi qaratilgan muzey ish boshladi

Stokgolmda vikinglar haqidagi afsonalarga qarshi qaratilgan muzey ish boshladi


Shvetsiya poytaxtida 29-aprel kuni “Vikinglar hayoti” nomli yangi muzey ish boshladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Muzey Yurgorden orolida Stokgolmning ikki diqqatga sazovor yodgorligi — ABBA guruhi muzeyi hamda “Vasa” nomli XVII asr kemasi orasida joylashdi.

“Muzeyning asosiy maqsadlaridan biri vikinglarga uzoq vaqtdan buyon hamroh bo‘lib kelayotgan afsonlarni fosh qilishdir. Masalan, bu jangchilarning dubulg‘alarida aslida shoxlar yo‘q edi”, — ma’lum qildi muzey direktori Ulf Larsson.

Uning so‘zlariga qaraganda, muzeyga bo‘lgan ehtiyoj ancha oldin tug‘ilgan edi: Stokgolmga keluvchi ko‘plab turistlar skandinavlarning ajdodlari bilan yaqinroq tanishishga intiladi va vikinglar haqida savollar beradi.

Опубликовано: admin (29-04-2017, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют