» » Donald Tramp AQSh kosmik kuchlari Rossiya va Xitoyning harakatlari sababli tuzilganini ma’lum qildi

Donald Tramp AQSh kosmik kuchlari Rossiya va Xitoyning harakatlari sababli tuzilganini ma’lum qildi


AQShning kosmosdagi harakatlar uchun mo‘ljallangan Kosmik kuchlari tuzilishiga Rossiya va Xitoyda xuddi shunday kuchlar tayyorlanayotgani sabab bo‘lgan. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Karolina shtatida o‘z tarafdorlari oldida qilgan chiqishi chog‘ida ma’lum qilgan, deb yozmoqda “RBK”.

“Men Rossiya nima qilayotganini, Xitoy nima qilayotganini ko‘rdim. Biz ham shunday ish qilishimiz kerakligini aytdim. Bu oson bo‘lgan, deb o‘ylarsiz, oson bo‘lmadi — qiyin bo‘ldi”, — deya ta’kidladi prezident.

Tramp AQSh Kosmik kuchlarini o‘z prezidentligi davrida 2016-yildagi saylov kampaniyasida bergan va’dasidan ko‘ra ko‘proq ish qilganiga misol sifatida eslab o‘tgan. “Men Kosmik kuchlar haqida gapirganimni hech qachon eshitmagansiz. Biz AQSh Qurolli kuchlarining yangi turini yaratdik”, — dedi Tramp.

AQSh prezidenti kosmik kuchlar bo‘linmasi tuzilishi haqida 2018-yilning yozida ma’lum qilgan. 2019-yilning dekabrida esa u AQSh Kosmik kuchlari tuzilishini haqida rasman e’lon qilgan. 2020-yil uchun umumiy qiymati 738 milliard dollarni tashkil qiladigan AQSh mudofaa budjetidan kosmik qo‘shinlarga 40 million dollar ajratilgan. Qo‘shinning dastlabki tarkibi o‘z ichiga 200 kishini olgan.

Tramp kosmosni harbiy harakatlarning keyingi maydoni, deb atagan va AQSh Kosmik kuchlaridan hujum maqsadlarida foydalanish mumkinligini tan olgan. “Kosmik kuchlar mudofaamizning muhim qismi, ochig‘ini aytaman, bizning hujum imkoniyatlarimiz bo‘ladi”, — deya ta’kidlagan AQSh prezidenti.

2020-yil yozining boshida Pentagon kosmosdagi mudofaa strategiyasini taqdim etdi. AQSh mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, strategiya AQSh va uning ittifoqchilari harbiy samaradorligini pasaytirish uchun “kosmosni qurollantirgan” Rossiya va Xitoy tomonidan bo‘ladigan jiddiy tahdidga javob sifatida tayyorlangan.

O‘z navbatida, Rossiya prezidenti Vladimir Putin aynan Vashington kosmosni harbiy harakatlar teatri sifatida ko‘rayotganini, Moskva esa uni harbiylashtirishga qarshi chiqayotganini aytgan.

Mavzuga doir: Tramp “super-puper” raketani yaratish boshlanganini e’lon qildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2020, 08:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют