» » 2019/20-yilgi mavsumni “Real”da o‘tkazgan Alfons Areolya London klubiga yo‘l oldi

2019/20-yilgi mavsumni “Real”da o‘tkazgan Alfons Areolya London klubiga yo‘l oldi


PSJ darvozaboni Alfons Areolya 2020/21-yilgi mavsumni “Fulhem” safida ijarada o‘tkazadi.

Londonliklar klubi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, fransiyalik posbon bir mavsumga ijaraga olingan. “Fulhem”da Areolyani sotib olish huquqi bo‘lmaydi.

Eslatib o‘tamiz, 27 yoshli darvozabon 2019/20-yilgi mavsumni Madridning “Real” klubida ijarada o‘tkazdi. Areolya La Ligada to‘rtta o‘yinda maydonga tushdi.

Madrid klubi koronavirus tufayli yuzaga kelgan inqiroz sabab Alfonsni sotib olish huquqidan foydalanmadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2020, 10:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют