» » Samsung Note20 Ultra va iPhone 11 Pro Max’ning ishlash tezligi sinovdan o‘tkazildi

Samsung Note20 Ultra va iPhone 11 Pro Max’ning ishlash tezligi sinovdan o‘tkazildi


Bundan bir yil oldin taqdim etilganiga qaramay hamon dolzarbligicha qolib kelayotgan iPhone 11 Pro Max hamda hali “bir oylik” ham bo‘lmagan Note20 Ultra flagmanlari o‘zaro taqqoslandi, deb xabar beradi IXBT.

Birinchi testda ikkala qurilmada ham bir xil ilovalarning ochilish tezligi sinovdan o‘tkazildi. Ushbu holatda ularning soni 16 tani tashkil etdi. Mazkur testda iPhone 11 Pro Max g‘oliblikni qo‘lga kiritgan: u vazifani 1 daqiqa-yu 52,91 soniyada uddalagan. Samsung flagmanida esa ushbu jarayonni bajarishga 2 soniyadan ko‘proq vaqt ketgan.

Ikkinchi test — fondagi 16 ta ilovani yuklab olishdan iborat va bunda Galaxy Note20’ga o‘rnatilgan “ortiqcha 8 gigabayt tezkor xotira yordam bergan (Samsung flagmani tezkor xotirasi 12 gigabaytni, Apple’niki 4 gigabaytni tashkil etadi): Note20 Ultra ushbu vazifani 46 soniyada bajargan, iPhone 11 Pro Max’da esa 1 daqiqa.

Test yakuniga ko‘ra: 1—1. Shunga qaramay, Apple’ga e’tirofga munosib, chunki kichikroq hajmdagi tezkor xotira bilan ham yaxshi raqobat ko‘rsata olgan.

Avvalroq YouTube’dagi PhoneBaff kanali mutaxassislari iPhone 11 Pro Max hamda bozorda birinchi bor Gorilla Glass Victus himoya oynasiga ega bo‘lgan Samsung Galaxy Note20 Ultra’ni o‘zaro taqqoslab, ularning qaysi biri zarbalarga bardoshli ekanligini aniqlagandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2020, 10:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 75) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют