» » Devid va Viktoriya Bekhem koronavirusni boshdan kechirgani ma’lum bo‘ldi

Devid va Viktoriya Bekhem koronavirusni boshdan kechirgani ma’lum bo‘ldi


Devid Bekhem va rafiqasi Viktoriya COVID-19 bilan kasallangan yulduzlar safida ekani ma’lum bo‘ldi. Hello jurnalining yozishiga qaraganda, juftlik zararlangani haqida jamoatchilikka bildirishni istamagan, xabar Page Six nashrining insayderlari tomonidan ma’lum qilingan.

Ta’kidlanishicha, mashhurlar AQShga qilgan safaridan keyin mart oyida koronavirus yuqtirib olgani aniqlangan. “Inter Mayami” klubi bilan bog‘liq rasmiy va reklama tadbirlarida ishtirok etish vaqtida Devid va Viktoriya sanoqsiz kishilar bilan qo‘l berib ko‘rishish va quchoqlashishga majbur bo‘lgan. Londonga qaytgach, Devid o‘zini yomon his qilgan, rafiqasining tana harorati ko‘tarilib, tomog‘i og‘rigan. Keyinroq ularning COVID-19’ga topshirgan testi natijasi ijobiy chiqqan. Juftlikdan tashqari jamoaning boshqa a’zolari, haydovchi va assistentlarda ham virus borligi aniqlangan.

Viktoriya boshqalarga kasallik yuqtirishdan vahimaga tushib, butun oilasi bilan ikki hafta davomida karantinda bo‘lgan. Ular kasallikning og‘ir formasini boshdan kechirgan, Viktoriya o‘rnidan tura olmagan. Viktoriya va Devid tuzalganidan keyin jamoasi bilan birgalikda muntazam ravishda test topshirib turgan, deyiladi xabarda.

Bekhemlar oilasi uyiga mehmon taklif etmagan holda yozni o‘tkazgan. Gretsiya va Italiyaga ketishdan avval barcha zarur testlarni topshirishgan. Ayni vaqtda ham o‘zini o‘zi izolyatsiya qilish qoidalariga rioya qilayotgan Devid va Viktoriya 18 yoshli o‘g‘li Romeoning tavallud kunini ham oila davrasida nishonlagan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2020, 11:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 50) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют