» » PFL Birinchi Liga klublari uchun badal pulini ikki barobar kamaytirdi

PFL Birinchi Liga klublari uchun badal pulini ikki barobar kamaytirdi


O‘zbekiston professional futbol ligasi (PFL) pandemiya futbol klublarining moliyaviy holatiga jiddiy ta’sir o‘tkazayotgani sabab Birinchi Liga klublaridan olinadigan badal pulini ikki barobar kamaytirdi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida xabar berildi.

O‘zPFL klublarni himoya qilish uchun ulardan olinadigan badal pullarini ikki barobar qisqartirdi. Orttirilgan mablag‘ futbolchilar salomatligi yo‘lida sarflanishi borasida tavsiya berildi. Mazkur qaror tashkilot Ijroqo‘mi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

PFL bayonoti.

Qayd etish joiz, bayonotda avval badal pulining qancha bo‘lgani haqida ma’lumot berilmagan.

Ma’lumot o‘rnida, Birinchi Liganing 14 klubi ikki mintaqaga ajratilgan bo‘lib, jami 12 tur uchrashuvlaridan keyin har bir mintaqaning eng so‘nggi jamoasi Ikkinchi ligaga tushiriladi. Shuningdek, mintaqalarning 4—6-o‘rin egalari birlashtirilib, qayta turnir o‘tkaziladi. 5 tur yakunlariga ko‘ra eng so‘nggi jamoa ham Ikkinchi Ligaga ravona bo‘ladi. 5-o‘rin egasi esa pulka finalchisi bilan o‘tish o‘yinida ishtirok etadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2020, 11:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют