» » Samarqand hokimi Ukrainaning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi

Samarqand hokimi Ukrainaning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi


Samarqand viloyati hokimligida viloyat hokimi Erkinjon Turdimov va Ukrainaning O‘zbekistondagi elchisi Nikolay Doroshenko o‘rtasida o‘zaro muloqot tashkil etildi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Ukraina aloqalarining mustahkamlanib borayotgani, ikki mamlakat mintaqalari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorlikning rivojlanishiga xizmat qilayotgani ta’kidlangan. Mavjud imkoniyatlardan samarali foydalangan holda viloyatda IT Park tashkil etish, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, chorvachilik va boshqa bir qator sohalar bo‘yicha birgalikda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan loyihalar muhokama qilingan.

Uchrashuvda elchi Samarqand bilan do‘stona aloqa o‘rnatgan Lvov viloyati rahbari Maksim Kozitskiyning viloyat vakillarini Lvovga taklif etgan taklifnomasini topshirgan.

Qolaversa, Samarqand va Lvov shaharlari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish masalasi ham muhokama qilingan.

Qo‘shimcha qilinishicha, tez fursatda ukrainalik ishlab chiqaruvchilar va samarqandlik ishbilarmonlar o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etilib, o‘zaro hamkorlik kengaytiriladi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2020, 12:25)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 37) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют