» » APL “Nyukasl”ning saudiyalik investorlarga sotilishini taqiqladi

APL “Nyukasl”ning saudiyalik investorlarga sotilishini taqiqladi


“Nyukasl” klubi Saudiya Arabistonidan bo‘lgan investorlarga sotilmaydi. Bu haqda klub rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Klub Saudiya Arabistoni davlat investitsiya fondi PCP Capital Partners va Reuben Brothers’ning mamlakat hukumatiga aloqasi yo‘qligi borasida dalillar keltirgan. Biroq Premyer Liga rahbariyati shunda ham klubni mazkur tashkilotlarga sotishni taqiqlagan.

“Nyukasl” liganing bu harakatini to‘g‘ri deb baholamagan va bu kelishuv amalga oshishi uchun boshqa variantlarni ko‘rib chiqadi.

Shu tariqa “Nyukasl” klubi Mayk Eshliga tegishli bo‘lib qolaveradi.

Eslatib o‘tamiz, ingliz klubini sotib olish g‘oyasi Saudiya Arabistonining valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmonga tegishli edi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2020, 13:10)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...