» » Shirin shahri sobiq hokimi Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar etib tayinlandi

Shirin shahri sobiq hokimi Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar etib tayinlandi


10-sentabr kuni Sirdaryo viloyati hokimligida viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev raisligida faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Hokimlik matbuot xizmatining yozishicha, yig‘ilishda viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga yangi tayinlov amalga oshirilgan.

Shu kunga qadar Shirin shahar hokimi lavozimida ishlab kelgan Abdug‘affor Hojimatov viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangan.

Ma’lumot uchun, Abdug‘affor Hojimatov 1967-yilda Namangan viloyati Uychi tumanida tug‘ilgan. 1994-yilda Namangan muhandislik-texnologiya institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida Namangan muhandislik-texnologiya instituti muhandisi, Sirdaryo viloyati “Sirdaryo gaz ta’minoti” boshqarmasi yetakchi muhandisi, Sirdaryo viloyati “Guliston gaz taminoti” korxonasi bosh muhandisi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zneftgazinspeksiyasi” Sirdaryo viloyati bo‘limi 1-toifali muhandis-texnologi, yetakchi muhandis-texnologi, bosh texnologi, “Markazgazta’minot” unitar korxonasi Sirdaryo viloyati gaz ta’minoti boshqarmasi boshlig‘i, Sirdaryo viloyati hokimligi sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari kotibiyati mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.

Avvalroq Abdug‘affor Hojimatov boshqa lavozimga tayinlangani munosabati bilan Shirin shahar hokimi vazifasidan ozod qilingani, uning o‘rniga shu kungacha “Yuksalish” umummilliy harakatining Sirdaryo viloyati hududiy bo‘linmasi rahbari lavozimida ishlab kelgan Sarvarbek Sultonov hokim etib tasdiqlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzga doir: Samarqand viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2020, 14:40)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 2) ( 0) ( 2) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют