» » Hind kompaniyasi Dehlidan Londonga avtobusda sayohatni yo‘lga qo‘ymoqchi. U O‘zbekistondan ham o‘tadi

Hind kompaniyasi Dehlidan Londonga avtobusda sayohatni yo‘lga qo‘ymoqchi. U O‘zbekistondan ham o‘tadi


Hindistonning Adventures Overland sayyohlik agentligi o‘z mijozlariga Dehlidan Londongacha avtobusda borishdek noyob sarguzasht turini taklif etmoqda.

Ushbu reys 70 kun davom etadi va qariyb 20 ming kilometr masofani qamrab oladi. Bunda avtobus Hindiston poytaxtidan Buyuk Britaniya markaziga to‘g‘ridan to‘g‘ri emas, balki ko‘p manzillarni o‘z ichiga olgan aylanma yo‘llar orqali yo‘l oladi.

Dehlidan manzili sari chiqqan transport vositasi avvaliga Myanma orqali Tailandga yo‘l oladi, Buyuk Xitoy devori bo‘ylab yuradi, Markaziy Osiyo, jumladan, O‘zbekistonni ham kesib o‘tadi-da, Moskvaga yetib boradi. So‘ng Boltiqbo‘yi va Markaziy Yevropa davlatlari orqali Londonga tashrif buyuradi. Shunday qilib sarguzasht shinavandalari Yevropa va Osiyodagi 18 ta mamlakatda bo‘lish imkoniyatini qo‘lga kiritishadi.

Bu boradagi birinchi sayohatni 2021-yil o‘rtalarida tashkil etish rejalashtirilmoqda, sababi hamon ko‘p mamlakatlarda pandemiya sabab cheklovlar amalda.

“Aprel va iyun oylari bunday sayohat uchun eng yaxshi vaqtdir, chunki bu palla Hindistondan Myanma orqali Xitoy va Qirg‘iziston tog‘larini kesib o‘tish imkonini beradi”, — deydi agentlik egalaridan biri.

Bir kishi uchun mazkur sayohatning narxi taxminan 20 ming dollar, yo‘lovchilarning umumiy soni esa 20 kishi bo‘ladi. Garchi ariza topshirganlar orasida Dehlidan Londongacha yo‘lni to‘liq bosib o‘tishni xohlovchilarga ustuvorlik berilsa-da, marshrutning ma’lum qismidan ushbu turga qo‘shilish imkoniyati ham yaratiladi.

Qayd etilishicha, sayohatning har bir bosqichida mehmonlarni mahalliy gidlar kuzatib boradi. Ayni paytgacha ushbu sarguzashtlarga 40 mingdan ortiq kishi qiziqish bildirmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-09-2020, 14:55)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют